Tehron Turkiyaning Eron bilan çegarada devor quriş böyiça taşabbusini ma'qullaydi, u ikki davlatning çegara xavfsizligini ta'minlaydi. Bu haqda Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy Tehrondagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Tehron Anqaraning ikki davlat çegarasida xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga qaratilgan istalgan taşabbusini ma'qullaydi», - degan Qosimiy.
Uning sözlariga köra, Turkiya hukumati Tehronni devor qurilişi haqida xabardor etgan, u çegaraning turk tomonida bino etiladi.
TIV vakili Turkiya hukumati bilan bu masala böyiça yanada kengroq muloqotga umid qilişini ta'kidlab ötgan.
Turkiya mudofaa vaziri Fikri Işik ham ötgan hafta jurnalistlarga Eron bilan çegarada devor qurilişi haqida xabar berdi. Uning sözlariga köra, bu qadam Eronga qarşi qaratilmagan va çegara yaqinidagi hududda yaşovçi aholi xavfsizligini ta'minlaş uçun kerak.
Turkiyaning uy-joy qurilişini rivojlantiriş böyiça vazirligi rahbari Ergun Turonning xabar qilişiça, devorning 144 kilometrlik qismini quriş uçun tender yakunlangan. Uning aytişiça, quriliş joriy yilda boşlanadi.

















