O‘zbekiston | 18:49 / 16.05.2017
5100
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Pokiston prezidentlari bir-birini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husayn ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladi.

O‘zbekiston prezidenti o‘z qutlovida o‘tgan chorak asr mobaynida ikki tomonlama aloqalarimiz do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida kengayib borganini mamnuniyat bilan ta'kidlagan.

Davlat rahbari birgalikdagi amaliy harakatlar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bilan hamkorlik yanada chuqurlashib, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi tobora mustahkamlanib boraverishiga ishonch bildirgan.

Prezident Mamnun Husayn Pokiston hukumati va xalqi nomidan ushbu sana munosabati bilan samimiy tilaklar bildirib, “mamlakatlarimizni yaqin tarixiy, diniy va madaniy rishtalar bog‘lab turishi”ni ta'kidlagan.

Qutlovda Pokiston O‘zbekiston bilan turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekani qayd etilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid