Melissa Kayser töqqiz marta bolasi tuşganidan söng tamomila umidsizlikka tuşib qolgandi, biroq unga öz opasi yordam berdi. Melissa uç yil davomida homilador bölişga harakat qilgan, ammo oxir-oqibat şifokorlar bepuştlikni davolaş va EKO unga töğri kelmaydigan variantlar ekanini aytişdi.
"Men umidsizlikka tuşib qolgandim, sababi reproduktiv funksiya – ayollar uçun eng muhimdir. Özimni xuddi heç narsaga kuçi yetmaydigan insondek his etdim", - deydi Melissa Kayser
Şunda uning opasi, 35 yoşli Liza Auten singlisi uçun bola körişga qaror qildi. Şifokorlar ikkita embrionni implantatsiya qilişni tavsiya etişdi, sababi ulardan biri rivojlanmay qolib ketişi mumkin edi. Biroq u har ikki bolani ham dunyoga keltirdi. Hozirda Tirni va Eşlinn ismli qizçalar olti haftalik bölişdi.
"Singlimga yordam beriş men uçun qiyin bölmadi. Men yaxşi xola bölişni istayman, xolos", - deydi Liza Auten
Endilikda Liza ota-onalik huquqidan voz keçişi kerak. Bu bolalar olti oylik bölganida yuz beradi.

















