Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov “Korrupsiya bilan kuraş fondi” asosçisi, siyosatçi Aleksey Navalniyga videomurojaat bilan çiqdi, deb xabar bermoqda “Kommersant'”. Milliarder Navalniyning bir qança vaqt avval qilingan iltimosini qöllab-quvvatlaşga rozi bölgan va uni “yaramas” – “boşqa insonni bilmay turib, u haqda yolğon gapirişga tayyor bölgan odam” deb atadi.

Navalniy Usmonov videosini öz kanalida joylaştirdi va “pora beruvçi, pora oluvçi, firibgar va qallob”ga yaqin vaqt içida javob qaytarişga va'da berdi.

Tadbirkor Navalniyning Sobiq ittifoq davrida olti yil qamoqda ötirganiga oid bayonotlarini tasdiqladi, biroq bu işni "mavjud bölmagan" deb atadi. Uning körsatişiça, "mamlakat Oliy sudi tomonidan töla oqlangan kişi – jinoyatçi emas" hamda u Navalniyni "omadsiz", "muvaffaqiyatsiz tadbirkor" va "sud organlari hukmi" hamda "şartli muddat ostidagi" "jinoyatçi", deb atadi.

"Mening yaşiradigan narsam yöq, men sendan farqli ravişda, olti yil qamoqda ötirganman va bu haqiqatdan ham soxtalaştirilgan iş böyiça bölgan: sotsialistik mulkni öğirlaş. Sen meni zörlaş uçun qamoqda ötirganimni aytding, ya'ni maqolalar böyiça manipulyatsiya orqali va sen bu yerda insonlar hamda yaramas odamlar örtasidagi çegarani darhol olib taşlamoqçi bölding", - deya ta'kidlab ötdi tadbirkor.

"Sendan farqli ravişda, men hammasi uçun öz mehnatim, qobiliyatlarim, halolligim bilan tölaganman. Sen umring davomida menga heç qaçon tuhmat qila olmaysan. Lyoşa, baribir mening oldimda javob berişinga töğri keladi", - dedi Alişer Usmonov.

Uning ma'lum qilişiça, Navalniy Usmonovni Rossiya rezidenti sifatida soliqlar tölamaganlikda ayblab, yolğon gapirmoqda.

"Özing qayerda soliqlarni tölaysan? Men esa faqat Rossiyada tölayman. Sen aldayotgan odamlar bilişi kerak-ki, hatto şu yilning özida 2,7 milliard rubllik soliqni deklaratsiyadan ötkazdim, ön yil davomida esa qariyb yarim milliard dollar töladim", - degan Usmonov.

Usmonov davlatini yirik xususiylaştiriş kelişuvlari orqali işlab topgani borasidagi ayblovlarni ham rad etdi. 

Bundan taşqari, Usmonov Navalniyning mustaqil suriştiruv ötkazişini tanqid qildi va pora beriş borasidagi barça ayblovlarni rad etdi. Tadbirkor, şuningdek, Navalniyga uzr söraşni va "tinçgina yaşaş"ni taklif qilgan.

18 may kuni Moskva şahrining Lyublina sudi Usmonovning Navalniyga qarşi da'vo arizasi böyiça işni körib çiqa boşladi. Unda körsatilişiça, tadbirkor siyosatçiga nisbatan moliyaviy da'voda emas, biroq "Navalniyni haqiqatga töğri kelmaydigan ma'lumotlarni rad etişga majburlaşni" talab qildi.