Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy milliarder Alişer Usmonovga javob videomurojaati bilan çiqdi hamda uni öz faoliyatini boşlayotgan videobloger, deb atadi.

«Hurmatli, Alişer Burhonoviç Usmonov, albatta, men javob beraman va sizning qanday muttaham ekaningizni bandlar böyiça şaxsan özingizga eslataman, hamda qolganlarga ham aytib beraman. Sizni işontirib aytişim mumkinki, mening sözlarim ança işonarli çiqadi», - dedi Navalniy öz videosida.

Şuningdek Navalniy yaqin vaqt içida tadbirkorga özining töla javobini berişi haqida ham va'da bergan.

Avvalroq Alişer Usmonov “Korrupsiya bilan kuraş fondi” asosçisi, siyosatçi Aleksey Navalniyga videomurojaat bilan çiqqani haqida xabar bergandik.