Bokuda «Islom birdamlik öyinlari»ning 18 may kungi musobaqalari bölib ötmoqda. Bugungi bellaşuvda Özbekiston terma jamoasining 14 nafar vakili sportning 5 turida öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazmoqda.
Boks terma jamoasining finalga çiqqan uçinçi vakili ham oltin medalga ega böldi.
– 69 kg vazn toifasida mezbonlar vakili Tamerlan Abdullayevga qarşi ringga kötarilgan Bobo-Usmon Boturov töla ustunlikka erişdi. U hakamlar qaroriga köra 5:0 hisobida ğalaba qozonib, oltin medal bilan taqdirlanadigan böldi.
Bungaça – 56 kg vazn toifasida Abdulhay Şorahmatov hamda – 64 kg vazn toifasida Aliyor Noraliyev öz janglarida ğolib çiqib, oltin medal olgandi.
Boksçilar terma jamoasi bungaça ikkita bronza medal olgandi.
– 49 kilogrammgaça vaznda Mironşoh Ibrohimov yarim finalda suriyalik Xussin al-Masriyga 1:4 hisobida yutqazgandi.
– 52 kilogramm vazn toifasida iştirok etgan Abrorjon Qodirov yarim finalda marokaşlik Abdulali Daraaga 1:4 hisobida yengildi va bronza medali bilan çeklandi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston boks terma jamoasi Bokuga 9 nafar boksçi bilan jönab ketgandi. Ularning 4 nafari: Uluğbek Döstmurodov (-60 kg), Mahmud Ğoipov (-75 kg), Madiyor Saidrahimov (-81 kg) va Sardor Begaliyev (-91 kg) medallar uçun kuraşdan çiqib ketgandi.

















