Aholining birlamçi ehtiyojini qondirmay turib, jamiyat taraqqiyoti haqida gapiriş mubolağali bölib qoladi. Çunki odamlarda kelajakka bölgan işonç, istiqbol rejalari yöqoladi, körinmas tuman içiga singib ketadi. Birlamçi ehtiyojlar köp, ulardan biri tabiiy içimlik suvidir.
Bu mavzu yuzasidan sönggi kunlarda saytimiz orqali köplab materiallar e'lon qilib bordik. Haqiqatan ham sönggi yillarda bu muammo Respublikaning juda köplab hududida töplanib qolgan ekan. Gapni köp qilmaylikda, e'tiboringizni “Kun” poçtasiga kelgan quyidagi maktubga qarataylik:
“Salom hurmatli Kun.uz ijodkorlari. Biz Buxoro şahar Qöriq qişloğida yaşaymiz. Qişloğimizda içimlik suvi mavjud emas. 2017 yilning yanvar oyida viloyat hokimiga murojaat etganimizda, bir oy muddatda suv ötkazişni “Suvoqova” rahbariga yukladi. Ammo “Suvoqova” rahbari hozirda hisobda mablağ yöqligini va 500 metr quvur bera olişini, qolgan 1000 metriga xalqning yordami zarurligini aytdi. Biz rozi bölib, jami 12.600.000 sömga 1000 metr quvur olib berdik. Mart oyida yerni qazib, quvurlarni kömib ketişdi. Şu bilan işni tugatişdi.
Biz xalq qabulxonasiga murojaat etganimizda yana 360 metr quvur yetmayotganini, “Suvoqova” hisobida mablağ yöqligini va 100 metr quvur bera olişini aytişdi. Qolgan 260 metriga yana bir bor xalqning yordami zarurligini ta'kidlaşdi. Qişloğimizda ikki kişi ariq suvini içib tif kasalligiga uçradi. 6 oydan beri idorama idora yurişdan çarçadik”.
Çuqur xörsingan holda, qurbimiz yetganiça masala mohiyatiga töxtalib ötişga harakat qilamiz. Har yilning boşida Davlat dasturi işlab çiqiladi va mamlakat ğaznasidan ma'lum bir mablağ ma'lum bir sohaga yönaltiriladi. Ana şunday katta dasturlarda aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş borasida masala kötarilmasligi va şu sohaga ma'lum bir mablağ ajratilmasligi mumkin emas. Butun bir davlat taşkilotining xalq puliga qarab qolişi ikki karra bölmagan gap.
Xöp, bu muammolar yillar davomida töplanib qoldi ham deylik, eng avvalo, nega yillab töplanib qolişiga yöl qöyildi. Ikkinçidan, hozir “qimirlaydigan” zamon-ku! Kimsan, davlat rahbarining özi bir kun u davlatda bölsa, bir kun qaysidir viloyatda, yana boşqa kun esa qaysidir bir korxonada. Dono xalqimizda ajoyib maqol bor: “... buzoqqa arpa bahona”.
Sönggi ma'lumotlarga köra, uşbu qişloq ahli Xalq qabulxonasiga boribdi. Sababi Toşkentdan tekşiriş kelgan ekan-da! Qişloq odamlari suv masalasini kötarişibdi. Mutasaddi rahbar 10 iyungaça hamma işlar bajarilişi haqida quyuq va'da beribdi. Nima ham derdik, köramiz...
















