Işbilarmonning muxolifatga videomurojaati Rossiya ijtimoiy-siyosiy landşafti uçun haqiqiy sensatsiya böldi. "Gazeta.ru" şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi. 

Unga köra, Rossiya biznesi "katta pullar sokinlikni yaxşi körişi"ga örganib qolgan, şu bois yirik işbilarmonlar omma oldida çiqiş qilişni yoqtirişmaydi. Buning öziga yaraşa mantiği bor, albatta.  

Yuqori ijtimoiy mavqega ega şaxs hattoki eng bema'ni ayblovlarga javob bersa ham, ayblovçini özi bilan bir darajaga qöyadi, heç bölmaganda ramziy ma'noda, ya'ni "internetdagi har qanday inson" vaqtinçalik nufuzli amaldorga tenglaştiriladi. Aynan şunday mantiqqa asosan, prezidentlik lavozimiga asosiy nomzodlar saylov oldi debatlarida qatnaşmaydi. 

Şunday bölsa-da, Usmonov bu şartlilikni keçib ötib, Aleksey Navalniyning ayblovlariga "ommaviy" javob qaytardi. Usmonovni Navalniy bilan mubohasaga kirişgan birinçi inson deb bölmaydi, albatta. Bunga qadar "Rosnano" rahbari Anatoliy Çubays va teleboşlovçi Vladimir Pozner ham Navalniyga "töqnaş kelgan". Usmonov Navalniyni debatlarga çorlamadi - ular orasida sirtdan bahs keçmoqda. Umuman olganda, ular töğridan töğri bahslaşişi ham ehtimoldan xoli emas, çunki hozirda işbilarmon Navalniy bilan sudlaşmoqda. 

Videoayblovlar bilan almaşinuv ommaning biror bir tomonga yon bosişiga xizmat qila oladimi? Ehtimol, şundaydir.

Ta'kidlaş joizki, Navalniy internet-auditoriya bilan muloqotda özini suvdagi baliq kabi his qiladi - bu uning muhiti va uning ommasidir. 

Şunga qaramay, Alişer Usmonov tavakkalga qöl urdi: "birovning hududi"da kuraşga kirişdi. Natijada Rossiya tarixida deyarli noyob janr yuzaga keldi - "oligarxning muxolifat top-blogeriga videomurojaati". Usmonov va uning maslahatçilari internetda millionlab auditoriyaga ega blogerning ayblovlariga Moskva şahrining tuman sudi javobi - javob emasligini yaxşi tuşunişadi. Sudning qaroriga köpçilik istehzo bilan qaraydi, ayniqsa, tomonlardan biri yirik işbilarmon bölsa...

Usmonovning Navalniyga murojaati aynan şu jihatdan ham qiziqdir. Işbilarmon sudning hattoki ijobiy qarori ham jamoatçilik oldida uning mavqeiga ta'sir ötkazmasligini anglab turgan körinadi - Usmonov tadbirkor sifatida Rossiya sud tizimi islohotlaridan yaxşi xabardor bölişi kerak, deyiladi manbada. 

U jamoatçilik oldida özini oqlaşi va omma tomonidan jiddiy qabul qilinişi mumkin bölgan heç qanday nufuzli kollegiya, parlament kengaşlari yoki sanoat palatasi yöqligini yaxşi biladi.