Bugungi kunda internet olamining qulayliklari kun sayin ortgani bilan undan buzğunçi maqsadlarda foydalaniş holatlari ham uçrab, ijtimoiy tarmoqlar yovuz kuçlar qölida dahşatli qurolga aylanib qolmoqda. Internet orqali “Kök kit”, “Kitlar dengizi”, “Tinç uy”, “Boy xonimlar” kabi nomlar bilan atalgan hamda maqsadi ösmirlarni öz joniga qasd qilişga undaydigan öyinlar keng tarqalmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Şerzod Töxtaşev Qonunçilik palatasi rasmiy saytida.

Aniqlanişiça, uşbu öyinga a'zo bölgaç ösmirlarga turliça, xususan, «biror bir narsa»ning suratini çiziş, serqatnov köçadan avtomobillar yaqin qolganida oldidan yugurib ötiş va bu jarayonni bevosita videotasvirga oliş, tanasiga turli suratlarni piçoq yordamida kesiş yöli bilan çiziş, ular yuborgan musiqani keça-yu–kunduz tinimsiz tinglab yuriş kabi topşiriqlar beriladi.

«Ölim guruhi»ning topşiriği esa, asosan tonggi 4:20-4:50 atrofida berilişi, ularga sönggi vazifa berişda, «bu tuş ekani, şartni bajarişi bilan uyğonişi va natijasi qanday bölganini biliş mumkin»ligi kabi gipnoz usullaridan foydalaniladi. Ularning topşiriğini bajargan şaxslar oxir-oqibat sodir etayotgan harakatlari natijasida öz jonlariga qasd qilişmoqda. 

Mazkur harakatlarni jamiyat uçun xavfi juda yuqori bölganligi sababli özini-özi öldirişga undaganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi normani jinoyat qonunçiligiga kiritişni davrning özi taqazo etmoqda.  

Rasmiy ma'lumotlarga köra Özbekistonda, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan “Kök kit” öyinining 15-bosqiçiga yetib kelgan, 5 nafar öquvçilarning hayotlari saqlab qolingan.

Şu munosabat bilan, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Qonunçilik palatasiga “Özbekiston  Respublikasi Jinoyat kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qonunçilik taşabbusi huquqi asosida kiritildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi tomonidan işçi guruhi taşkil etilib, işçi guruhi yiğilişlarga içki işlar, Oliy sud va Boş prokuraturaning amaliyotçi mutaxassislari jalb etildi hamda qonun loyihasi jamoatçilik jalb etilgan holda keng muhokamalardan ötkazildi.

Xorijiy davlatlar tajribasi örganilganda bir qator, ya'ni Belorussiya, Armaniston, Qirğiziston va Turkmaniston  kabi davlatlarda öz joniga qasd yoki suiqasd qilişga undaş jinoyatlari uçun javobgarlik belgilangani aniqlandi.