Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston prezidentlari ötgan hafta dam oliş kunlari Pekin şahrida bölib ötgan “Bir makon, bir yöl” xalqaro forumida iştirok etişdi. Forum maydoni Özbekiston va Qirğiziston uçun uzoq vaqtdan beri bir joydan siljimayotgan “Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston” temir yöli qurilişi va uning “Bir makon, bir yöl” taşabbusiga qöşilişini muhokama qiliş uçun qulay imkoniyat taqdim etdi. Mazkur taşabbusning uzoq istiqboldagi ustunliklari va mintaqaga kiritiladigan investitsiyalar borasida Qozoğiston uçun dolzarb bölgan masalalar kun tartibiga çiqmadi, deb yozadi The Diplomat jurnali What's Next for the Belt and Road in Central Asia? – “Bir makon, bir yöl” taşabbusini Markaziy Osiyoda nima kutmoqda? nomli maqolasida.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev özining turli sohalar böyiça 23 mlrd dollarlik şartnomalar imzolangan Xitoyga uyuştirgan ilk davlat taşrifida, “Bir makon, bir yöl” taşabbusi va unda Markaziy Osiyoning tutgan örin borasida ajoyib fikrlarni bildirdi. “Men işonamanki, bugungi kunda dunyo aholisining 60 foizdan ortiğini qamrab oluvçi uşbu yirik miqyosli loyihani amalga oşiriş mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasida tinçlik, faravonlik, taraqqiyot, hamkorlik va döstlikni rivojlantirişga omil böluvçi yagona makonni şakllantirişga hissa qöşadi”, - dedi Mirziyoyev.
Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev ham mintaqada yangi imkoniyatlarni oçayotgan “Bir makon, bir yöl” taşabbusiga yuqori baho berdi. U Xitoydan Yevropaga çöziluvçi şişa tolali liniyalarning Qirğiziston orqali ötişi muhimligi, elektron tijorat va logistika markazlari barpo etilişini qayd etar ekan, “Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston” temir yöl liniyasi köp imkoniyatlarga yöl oçişini bildirdi.
Mirziyoyev, öz navbatida, bu boradi fikr yuritib, “Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston” temir yöl tarmoği (Afğoniston bilan birga) Pokiston va Erondagi portlarga çiqiş imkonini beruvçi “Bir makon, bir yöl” dasturiga qöşilişiga umid bildirdi. Özbekiston rahbari, şuningdek, özaro boğlangan sanoat texnoparklari, ilmiy va innovatsiya klasterlari va Ipak yöli iqtisodiy hududi böylab erkin iqtisodiy zonalarni barpo etiş umumiy ustuvor vazifalar bölişi kerakligini ta'kidladi.
Qozoğiston yetakçisi esa, hamkorlik sohalari sifatida texnologik, ilmiy hamda qişloq xöjaligini körsatdi.
Toşkent va Bişkek “Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston” temir yölining “Bir makon, bir yöl” tizimiga qöşilişidan umid qilmoqda. E'tiborli jihati, “Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston” temir yöli loyihasi “Bir makon, bir yöl” taşabbusidan avvalroq ilgari surilgan edi. Xitoy taşabbusi, şubhasiz, avval mavjud loyihalarni ham öz içiga oladi. Ammo, qayd etiş örinliki, birinçidan mazkur temir yölni qurişga turtki Pekinning yangi taşabbusi bilan boğliq emas, ikkinçidan bir neça yillardan beri bu loyiha amalga oşirilmayapti.




















