Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumiy örta ta'lim maktabi öquvçilari örtasida sportning şaxmat turidan respublika çempionati ötkazilmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport qömitasi, Özbekiston Şaxmat federatsiyasi hamkorligida ötkazilayotgan mazkur çempionatda 7-15 yoşdagi öquvçilar iştirok etmoqda. Çempionat tört bosqiçda: maktab, tuman (şahar), viloyat va respublika bosqiçida taşkil etilmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqalarning hududiy bosqiçlarida jami 582 ming nafar öquvçi iştirok etdi. Ulardan 160 nafari respublika bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. Qolaversa, 46 nafar Jahon, Osiyo va Özbekiston çempionati, kuboklarida ğolib bölgan öquvçilar respublika bosqiçida töğridan-töğri iştirok etmoqda.
Çempionat şu yilning 21-27 may kunlari ötkazilib, unda öquvçilar şaxmatning uçta: blits, standart va rapid yönalişlarida özaro bellaşadilar.
Çempionat şu yilning 27 mayiga qadar davom etadi. Çempionat nizomiga köra, standart yönalişida öz yoş toifasida birinçi örinni egallagan öquvçilar Osiyo çempionatida milliy terma jamoaning asosiy tarkib qatnaşçisi sifatida iştirok etiş huquqini qölga kiritadilar.















