Politsiyaning maxsus bölinmalari Manchester şahri janubidagi uylardan birida maxsus amaliyot ötkazdi. Bu haqda Manchester Evening News xabar tarqatdi.

Naşrning yozişiça, huquq-tartibot organlari xodimlari Felloufild tumanidagi uylardan biriga kirişdan avval portlaş sodir etişgan.

Bundan oldingi xabarlarda stadiondagi terakt böyiça tekşiruvlar doirasida 23 yoşli şaxs qölga olingani haqida aytilgandi.

Mamlakat boş vaziri Tereza Mey Mançesterda terakt sodir etgan terrorçi şaxsi aniqlanganini ma'lum qilgan. Terrorçining ismi tergov manfaatlari yuzasidan hozirça oşkor qilinmadi.

Manchester politsiyasi Manchester Arena stadionida 22 may, duşanba kuni sodir bölgan portlaşdan söng kuçaytirilgan rejimda işlamoqda. Sönggi ma'lumotlarga köra, stadiondagi portlaş oqibatida 22 kişi halok bölgan, 59 kişi jarohatlangan. Bundan taşqari, bir neça bola bedarak yöqolgan.