22 may oqşomida Manchester şahridagi Manchester Arena yopiq stadionida portlaş röy berdi. Bu vaqtda amerikalik xonanda Ariana Grandening konserti bölayotgandi. Politsiya ma'lumotlariga köra, hodisa oqibatida kamida 19 kişi halok bölgan, 59 kişi jarohatlangan.
Jabrlanuvçilar yaqin şifoxonalarga olib borilgan, ba'zi kişilarga stadionning özida tibbiy yordam körsatilgan. BBC News xabariga köra, köpçilikda mix sançilişi tufayli jarohatlar qayd etilgan.
Portlaş haqidagi axborot mahalliy vaqt bilan soat 22:35 da (Toşkent vaqti bilan 02:35 da) kelib tuşdi. Hodisaga oid videolar tarqalgan.
Hozirça portlaş qanday sodir etilgani haqida aniq ma'lumotlar yöq. Huquq-tartibot organlari hodisani terrorçilik akti sifatida körib çiqmoqda. Amerikadagi naşrlar portlaş terrorçi xudkuş tomonidan sodir etilgani haqida ma'lum qildi.
Stadion joylaşgan Cathedral Garden tumani aholisiga uylardan çiqmaslik söraldi, hududda politsiyaçilar navbatçilik qilmoqda.
Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Mançesterdagi hodisani «qörqinçli terroristik akt» deya baholadi va qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Dunyodagi köplab mamlakatlar rahbarlari bu teraktni qoralamoqda.
Canadians are shocked by the news of the horrific attack in Manchester tonight. Please keep the victims & their families in your thoughts.
— Justin Trudeau (@JustinTrudeau) May 23, 2017
Heartbreaking news from Manchester. My thoughts are with all those who have lost loved ones or been injured in this barbaric attack.
— Nicola Sturgeon (@NicolaSturgeon) May 23, 2017












