Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey Manchesterdagi terakt bo‘yicha chiqish qildi
Foto: Globallookpress.com
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 23 mayga o‘tar kechasi Manchesterda sodir bo‘lgan va 19 kishini hayotdan olib ketgan portlash bo‘yicha chiqish qildi. Uning so‘zlari Reuters agentligi tomonidan keltirilgan.
«Biz politsiya tomonidan terrorchilik akti sifatida o‘rganilayotgan bu qo‘rqinchli hodisa bo‘yicha to‘la ma'lumotlar olish ustida ishlamoqdamiz. Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlarning yaqinlari bilan hamdardmiz», — degan u.
«Manchester Arena» stadionida 22 may oqshomida portlash ro‘y berdi. Bu vaqtda stadionda qo‘shiqchi Ariana Grande o‘z konsertini tamomlayotgandi, unga bir necha ming kishi tashrif buyurgan, ularning aksari bolalar va o‘smirlar edi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra qurbonlar soni 19 nafar, yana 59 kishi yaralangan. Tibbiyot vakillarining ma'lumotiga ko‘ra, ko‘pchilikda mix sanchilishi tufayli jarohatlar qayd etilgan, portlovchi uskuna mixlar bilan to‘ldirilgan bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Amerikadagi manbalar bu portlash xudkush terrorchi tomonidan sodir etilganini aytishdi.
Politsiya bu hodisa «terroristik akt» sifatida o‘rganilayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:43 / 16.02.2026
Rossiyada «Krokus» terakti ishi bo‘yicha 15 nafar sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
16:09 / 06.02.2026