Meksikada taraumara qabilasiga mansub bölgan 22 yoşli Mariya Lorena oddiy rezina şippak hamda yubka kiygan holda ultramarafonda qatnaşib ğolib böldi.
U heç qanday professional ekipirovkalarsiz çopgan, u marafonga alohida tayyorgarlik ham körmagandi. Ramires 50 kilometrlik masofani 7 soatu 3 daqiqada bosib ötgan va ğolib çiqib, 6 ming dollar miqdorida yutuqqa ega bölgan.
Taraumara hindulari vakillari dunyodagi çidamli kişilar hisoblanişadi. Ular katta daştlarda istiqomat qilişadi va savdo qilinadigan şaharlarga borib keliş uçun köp masofani çopib ötişi kerak böladi.


















