Bugun biryöla uç kompaniya öz noutbuklarini namoyiş qildi - Microsoft, Lenovo va Huawei. Ularning har biri öziga xos jihatlarga ega. Hi-Tech sönggi noutbuklar haqidagi batafsil ma'lumoti bilan bölişdi.
Microsoft Surface Pröni yangiladi

Bugun Microsoft Surface Pro noutbukini yangiladi. Asosiy yangilanişlar qurilma "kapoti ostida" keçdi.
Yangilangan noutbuk (yoki planşet) Intel Kaby Lake protsessoriga ega böldi. Şuningdek, Microsoft'da ta'kidlanişiça, avtonom faoliyat vaqti 13,5 soatgaça oşirilgan.
Bundan taşqari, Surface kök, bordo, tillarang va kulranglarda Surface Laptop misolidagi alkantra klaviaturasiga ega böldi. Aftidan, Microsoft bu materialga, şuningdek USB klassik portlariga jiddiy qiziqib qolgan körinadi - yangi qurilmada USB C bölmaydi.
Yangilangan Surface Pen yangi noyob ranglardagi variantlarida har qanday holatga moslaşuvçan harakatlarni qöllab-quvvatlaydi. Şu bilan birga endi planşet ekranida Surface Dial hamda Surface Studiöni qöllaş mumkin.
Yangi Surface Pröni 15 iyundan qölga kiritiş imkoni paydo böladi. Uning boşlanğiç narxi - 799 dollar. Şuni ta'kidlaş joizki, klaviatura alohida sotiladi - alkantra muqova uçun 159 dollar yoki oddiy qora klaviatura uçun 129 dollar tölaşga töğri keladi. Surface Pen esa 99 dollarga tuşadi.
Lenovo yangi IdeaPad noutbuklar turkumini namoyiş etdi

Lenovo kompaniyasi bugun jahon bozoriga Lenovo IdeaPad yangilangan qatorining biryöla oltin noutbukni namoyiş qildi. Ularning orasida yangilangan modellar mavjud - IdeaPad 720, 520 va 320. Şuningdek ingiçka va yengil noutbuklar seriyasi ham töldirilmoqda — IdeaPad 720S, 520S va 320S. Eng ingiçka modellardan biri IdeaPad 520S - 19,3 millimetr qalinlikda.
Şuningdek IdeaPad yangi turkumida yangilangan klaviatura taqdim etilgan. Yangi qurilmalar Microsoft Precision Touchpad sensor paneliga ega böldi.
IdeaPad 720S flagmani Intel Core i7 protsessori hamda Thunderbolt 3 interfeysi bilan ta'minlanadi. Şuningdek seriya barmoq izlari datçiki va sensor ekran bilan taqdim etiladi. IdeaPad 520 va 520S qurilmalari yettinçi avlod Intel protsessori bilan ta'minlandi - Intel Core'dan tortib to NVIDIA GeForce 940MX grafikigaça. IdeaPad 320 va IdeaPad 320S byudjyet modellari turli xil rang variatsiyalarida taqdim etiladi. Sifatli materiallar va işlov va'da qilindi.

















