Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi Neymar» nima sababdan «Barselona»ga emas «Real»ga o‘tganini izohladi
Braziliyaning «Flamengo» klubi 16 yoshli futbolchisi Vinisius Junior 2019 yildan boshlab «Real»da to‘p suradigan bo‘ldi. Madridliklar futbolchining transferi uchun 45 million yevro sarflashdi va natijada Vinisius dunyoning eng qimmat bolakayiga aylandi.
Vinisius uchun «Barselona», «Manchester Siti» va «PSJ» jamoalari ham qiziqish bildirgandi. Futbolchi shuncha taklifga qaramasdan, hattoki o‘z kumiri Neymar to‘p suradigan «Barselona»ga ham o‘tmasdan madridliklarni tanlaganiga izoh berdi.
Globo Esporte nashri bergan xabarga ko‘ra, 16 yoshli futbolchi raqobatdan cho‘chib «Barsa»ni emas, «Real»ni tanlagan. Gap shundaki yangi Neymar nomi bilan tanilgan Vinisiusning kumiri aynan Neymar bo‘ladi. Neymar hozirda 25 yoshda pik formasiga chiqib bormoqda. Ikki yildan so‘ng ham Vinisius undan sevimli chap qanotini tortib olishiga ko‘zi yetmagan. «Real»da bu qanotda 32 yoshli Krishtianu Ronaldu to‘p surmoqda. Braziliyalik futbolchi madridliklar safida to‘p surish huquqini qo‘lga kiritadigan vaqtga kelib, Ronaldu unga raqobat qila olmasligiga ishonchi komil bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
11:53 / 20.06.2026
JChda 9-kun. Shotlandlar o‘zbek hakamidan norozi, «Vinisius qonuni» ishga tushdi, Turkiya yig‘lab qoldi
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
21:31 / 23.02.2026
«Da Lush»dagi mojaro: Vinisiusni «maymun» deb kamsitishdi
20:42 / 03.06.2025