GM Uzbekistan kompaniyasi özi işlab çiqarayotgan bir qator avtomobillarning narxlarini oşiradi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilmoqda.

«Kun.uz» naşrining manbasi ma'lum qilişiça, Toşkent şahridagi avtosalonlarda ayni vaqtda savdolar töxtatilib, sotilmagan avtomobillar hisob qilinmoqda.

Ma'lumot uçun, GM Uzbekistan avtomobillari narxlari oxirgi marta 2015 yilning dekabrida oşirilgandi. Öşanda narxlar örtaça 30 foizga qimmatlagandi.

Narxlar qaçondan va qanday tartibda oşişi haqida ma'lumotlar yöq.

Hozirça «Özavtosanoat» va GM Uzbekistan narxlarning navbatdagi oşişi haqidagi xabarlarni tasdiqlamayapti. 

Lekin ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi xabarlar muhokama qilinmoqda. Internet foydalanuvçilari ötgan ikki yil içida milliy valyuta qadrsizlanganini hisobga olgan holda narxlar oşişi tabiiyligini aytişmoqda.

«Bozordagi talabga qarab avvalo işlab çiqariş hajmini qayta körib çiqiş, kengaytiriş kerak. Dunyoning birorta mamlakatida bölmasa kerak, oldindan pul tölab qöyib, 1 yil maşina kelişini kutiş. Pul tölandimi, xaridor öşa vaqtning özida mahsulotni oliş kerak. Narx-navoni oşirişda xaridor köpligi yoki monopol taşkilot bölgani uçun emas, qöşimça işlab çiqarişni köpaytiriş, eksportni rivojlantirişni maqsad qilib olişsa, boşqaça bölardi. Şuningdek, Özbekistonda işlab çiqarilgan har qanday tovar va xizmatlarni xalqimiz, iste'molçilar milliy valyutada naqd va naqd pulsiz şaklda sotib olişga töla haqli bölişini ta'minlaş kerak. Bu aholi kayfiyatiga ta'sir qiladigan omillardan biridir», deya bu boradagi fikrlarini bildirib ötgan iste'molçilardan biri.

GM Uzbekistan aprel oyida avtomobillar narxlarini ma'lum qilgandi. Undan oldinroq bir neça marta narxlar oşişi haqidagi norasmiy xabarlarga işonmaslik söralgan.