Uning so‘zlariga ko‘ra, buni qilishga uringan istalgan shaxs yoki davlat, barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, u mintaqadagi vaziyat muzokaralar yordamida barqaror holatga qaytishiga umid bildirgan.
Vazir ushbu bayonotni germaniyalik hamkasbi Zigmar Gabriel bilan uchrashuvi yakuni bo‘yicha bergan. Vanning ta'kidlashicha, Xitoy KXDR bilan sanksiya rejimi bo‘yicha barcha majburiyatlarini to‘la hajmda bajarmoqda.











