Özbekiston mehnat vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga aylantirildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 23 maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillaştiriş va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida belgilangan. Farmon haqida «Özbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida ma'lum qilingan.

Uşbu hujjat bandlik sohasida davlat siyosatini amalga oşirişda yangiça joriy etiş, davlat va xususiy tadbirkorlik örtasidagi hamkorlikka asoslangan holda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantiriş, aholi, ayniqsa yoşlar bandligini ta'minlaşda samarador çora-tadbirlarni amalga oşirişga yönaltirilgan.

Farmonga köra Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta taşkil etildi.

Farmonda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy va tarmoqlar bandlik dasturlarini amalga oşirişni muvofiqlaştiriş, oliy va örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvçilarining bandligini ta'minlaş, kam ta'minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordamni öz vaqtida tölanişi monitoringini amalga oşiriş va boşqalarda iborat asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari belgilandi.

Qabul qilingan farmonda mehnat qonunçiligini takomillaştiriş böyiça aholi bandligini rağbatlantirişga yönaltirilgan çoralar közda tutilgan. Xususan:

  • 2018 yil 1 yanvardan boşlab oliy va örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining birinçi marotaba işga joylaşgan bitiruvçilarining birinçi yilda işga joylaşganlarining iş haqidan olinadigan daromadlari böyiça yagona ijtimoiy tölovning örnatilgan stavkasini 50 foizga, ularning ikkinçi va uçinçi yil davridagi mehnat faoliyati böyiça 25 foizga kamaytiriş;
  • 2018 yil 1 yanvardan boşlab nodavlat taşkilotlarga fuqarolarni Özbekiston Respublikasi hududida işga joylaştiriş sohasida, ular tomonidan fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş faoliyati amalga oşiriladigan hollarda esa belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida, pullik xizmatlar körsatiş huquqini beriş.

Farmonga köra, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida, yuridik şaxs maqomiga ega bölgan, asosiy vazifasi vaqtinçalik band bölmagan aholini yirik investitsiya loyihalarida, yöl va uy-joy kommunal infrastrukturasining qurilişida, ta'mirlaş va rekonstruksiya qilişda, şahar va tumanlarni obodonlaştirişda, mavsumiy qişloq xöjaligi işlarida iştiroklarini moliyalaştirişdan iborat byudjyetdan taşqari jamoat işlari jamğarmasi taşkil etilişi muhim yangilik hisoblanadi.