Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WannaCry virusi hujumidan ko‘rilgan zarar 1 mlrd dollardan oshib ketdi
Foto: EPA/RITCHIE B. TONGO
Butun dunyo bo‘ylab Windows operatsion tizimiga ega kompyuterlarga WannaCry virusi bilan amalga oshirilgan hujum 1 mlrd dollardan ko‘proq zararga olib keldi. Bu haqda amerikalik mutaxassislarga iqtibos keltirgan holda McClatchy axborot xizmati ma'lum qildi.
Mutaxassislarning fikricha, 12 may kuni boshlangan kiberhujum oqibatida bir haftadan kamroq vaqt ichida kamida 150 ta davlatdagi 300 mingtagacha kompyuter zararlangan. Mutaxassislar kelgusida ham shunga o‘xshash hujumlar sodir etilishi mumkinligini aytishmoqda. "WannaCry tomondan ilk 4 kunda yetkazilgan taxminiy zarar butun dunyo bo‘ylab yirik tashkilotlarda ishlab chiqarishning katta ko‘lamda to‘xtab qolishi hisobga olinganda 1 mlrd dollardan oshib ketdi", deb aytdi KnowBe4 kompaniyasi rahbari Styu Syuverman. U o‘z tahliliga ishlab chiqarishning pasayishi, tashkilotlar ishidagi to‘xtashlar, sud ekspertizalari, obro‘ga putur yetkazilishi va boshqa omillarni kiritgan.
Shadow Brokers taxallusi ostida yashirinuvchi xakerlar guruhi o‘tgan yili xakerlik hujumi uchun qo‘llanilgan dasturiy ta'minotni internetga joylashtirishgan. Ularning aytishicha, bu dastur AQShning Milliy xavfsizlik agentligi tomondan yaratilgan. Mutaxassislarning fikricha, so‘ngra bu dasturga bir qator o‘zgartirishlar kiritilib, uning yaxshilangan WannaCry varianti paydo qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni ushbu virus yordamida butun dunyo bo‘ylab kompyuterlarga hujum qilingan. Zararlangan kompyuterlardan blokirovkani olish uchun xakerlar Bitcoin kriptovalyutasida muayyan hisob raqamiga 600 dollar o‘tkazishni talab qilishgan va agar foydalanuvchilar buni qilmasalar, kompyuterdagi butun ma'lumotni o‘chirish bilan tahdid qilishgan.
Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilarning hisob raqamlariga 116,5 ming dollar o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
15:51 / 07.11.2024
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararni qoplab berish rejalashtirilmoqda
08:20 / 13.09.2024
Qishloq xo‘jaligiga bir oyda 77 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
07:55 / 25.06.2024
Chiqindi xizmati uchun to‘lovni hisoblashdagi xatolik uchun fuqarolarga ma’naviy zarar qoplab beriladi
07:17 / 07.06.2024