Ramazon oyi davomida muslim.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali poytaxtning qator masjidlaridagi taroveh namozlari tarovati va qorilarning Qur'on tilovatlarini onlayn yoritib boriş amalga oşiriladi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ramazon oyi davomida, har keça, Özbekistonning közga köringan, xuşnafas qorilari tilovatidan, muslim.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi va telegram messenjeridagi @muslimuzportal kanali orqali bahramand bölib boriş mumkin.
Bugun Taroveh namozini Toşkent şahrining markaziy masjidi bölgan “Hazrati Imom” jome masjididan, Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali onlayn translyatsiya qilinadi.
Bundan taşqari, Odilxon qori Yunusxon öğli boşçiligidagi Şayx Zayniddin jome masjididagi xatmi Qur'on jarayoni muxlis.uz saytining feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali jonli ravişda efirga uzatib boriladi. Şunindek, bundan buyon jome masjididagi Juma namozlari va ma'ruzlar ham jonli ravişda kuzatib boriş imkoniyati mavjud.
Şuning bilan birgalikda, dastlabki bosqiçda bugun Toşkent şahridagi “Mirza Yusuf”, “Minor”, “Şayx Zayniddin”, “Xöja Alambardor”, “Töxtaboy”, “Möyi muborak” hamda Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi “Zangi ota”, Samarqand viloyatidagi “Imom Buxoriy”, Farğona viloyatidagi “Madrasai Mir”, Buxoro viloyatidagi “Bahovuddin Naqşband” jome masjidlaridan Taroveh namozlari va xatmi Qur'on onlayn translyatsiya qilinadi. Uşbu jome masjidlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari manzili va boşlaniş vaqti haqida keyinroq ma'lumot beramiz.












