Namanganda an'anaviy “Gul bayrami” boşlandi. 27 may - 1 iyun kunlari ötadigan bu yilgi tantanalarga viloyatda qizğin xozirlik körilgan. Xususan, Namangan şahar hokimligi bergan ma'lumotga köra, asosiy bayram tadbirlari ötkaziladigan “Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli madaniyat va istirohat boğining öziga 1  milliondan ziyod gul köçatlari ötqazilgan.

5 kun davom etadigan bayram davomida turli köngiloçar dasturlar, taşkilot, korxona va muassasalar gulçi boğbonlarining körgazmalari, dizaynerlarning gullardan yasagan kompozitsiyalari, ssenariylaştirilgan adabiy tadbirlar va hunarmandlarning betakror san'at asarlari namoyişi aholiga bayram kayfiyatini ulaşadi.

Bayram  tadbirlari jarayonida körik tanlovlar ğoliblari aniqlanadi va “Eng orasta mahalla”, “Eng orasta köça”, “Eng orasta taşkilot”, “Eng orasta  uy-joy mulkdorlar şirkati”, “Eng orasta xonadon”, “Eng orasta rahbar köçasi” nominatsiyalari böyiça ğoliblar taqdirlanadi.

Temurmalik Vohidov