Kun.uz tahririyati Namanganga qilgan ijodiy taşrifi davomida viloyat aholisini öylantirib kelayotgan masalalar bilan qiziqdi. Ana şunday dolzarb muammolardan biri bu – toza içimlik suvi masalasi edi. Bu borada ijodiy jamoaning ilk manzili Namangan şahri “Gözal” massivi Mehnatobod mahallasi Bahoriston köçasi böldi. Bu yerda yaşovçi aholi vakillari bir neça yildan beri toza içimlik suvi yöqligidan qiynalib kelayotganini xabar qilişgandi. Fuqarolardan biri aholi nomidan 4-5 marta mutasaddi rahbarlarga murojaat qilsa ham, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qabuliga ikki marotaba kirib ham uşbu muammoga yeçim topa olmagan. 

Vaziyatni yanada oydinlaştiriş uçun Bahoriston köçasi aholisi bilan suhbatlaşildi. Suv bilan boğliq muammo juda ham dolzarb ekanligi oydinlaşdi. Mana şu masalaga doir “6 yil suvsiz. Namanganda asrga xos bölmagan manzaralar” sarlavhali maqola sayt orqali e'lon qilindi.

Ikkinçi manzil esa, viloyatning Töraqörğon tumani, “Baxt” mahallasi böldi. Gap şundaki, bu yerda istiqomat qilib kelayotgan aholi 20 yildan ziyod vaqt mobaynida toza içimlik suvi içmaydi. Bu yerda yaşovçi aholi mahalla orqali ötgan ariqda keladigan suvni iste'mol qiladi. Ammo ana şu suv ham bir haftada yoki ön kunda bir-ikki marta beriladi. Uşbu muammoga bağişlangan “Hayrat va holat: Odamlar qaçongaça ariqdan suv içadi?” sarlavhali maqolasi öquvçilar e'tiboriga havola etilgan edi. 

Bundan taşqari, viloyatning Töraqörğon tumani, Şahand qişloğidan va Pop tumani, Töda qişloğidan toza içimlik suvi muammosiga bağişlangan murojaatlar tahririyat poçtasiga kelib tuşgan.

Biz viloyatdagi toza içimlik suvi muammosi yuzasidan viloyat hokimligi va mutasaddi taşkilotlarga yuzlandik. Ular yuqoridagi holatlar va viloyatdagi toza içimlik suvi bilan boğliq rejalar haqida ma'lumot taqdim etişdi.

“Viloyatda iste'molçilarga içimlik suvini yetkazib beriş uçun umumiy uzunligi 4884,7 km tarmoqlar hamda 493 ta suv oliş hamda 39 ta suv uzatiş inşootlaridan foydalaniladi. Yoki tuman markazlarida yaşovçi aholi kiçik quvvatli suv inşootlari orqali ta'minlansa, qişloq joylaridagi iste'molçilar esa hududlardagi alohida tik quduqlar orqali ta'minlanadi.