Sport | 09:25 / 28.05.2017
10601
1 daqiqa o‘qiladi

«Galatasaroy» Erdo‘g‘an buyrug‘i bilan stadioni nomini o‘zgartiradi

Istanbulning «Galatasaroy» jamoasi stadioni nomidan «arena» so‘zini olib tashlaydigan ilk turk jamoasi bo‘ldi. Mamlakatdagi barcha sport obektlaridan bu so‘zni olib tashlash bo‘yicha prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning maxsus farmoyishi chiqqan. Endilikda «Galatasaroy» stadioni Türk Telekom Arena o‘rniga Ali Sami Yen Sports Complex Türk Telekom Stadium deb nomlanadi.

«Men „aren“ so‘ziga qarshiman. Bilasizmi arenada nima qilishadi? U yerda odamlar jonivorlarni o‘ldirishadi. Men vazirga topshiriq berdim, biz barcha stadionlar nomini o‘zgartiramiz. Bizning tilimizda bu so‘z ishlatilmasligi kerak», — deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltirgan Daily Sabax.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid