Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Braziliyadagi onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko‘rsatmoqda
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) Braziliyaning San-Paulusidagi Bolalar onkologiyasi institutiga tibbiy uskuna yetkazish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Bu haqida "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Mazkur qaror TİKA tomonidan Turkiyaning San-Pauludagi bosh konsulligi murojaatiga javoban qabul qilingan. Bu TİKA'ning Braziliyadagi onkologik kasalliklar diagnostikasi va davolashga yo‘naltirilgan birinchi loyihasidir.

Protokolni imzolashda institut bosh shifokori Visent Odon Filxo, TİKA rahbar o‘rinbosari Birol Chetin hamda Turkiyaning San-Pauludagi bosh konsuli Serkan Gedik ishtirok etdi.
Institut rahbariyati onkologik kasallikka chalingan bolalarni davolashda yordam ko‘rsatgan Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

San-Pauludagi 150 bemorga mo‘ljallangan Bolalar onkologiyasi instituti 2002 yilda tashkil topgan bo‘lib, u xayriya tashkilotlari qo‘llab-quvvatlashi ostida saratonga chaligan bolalarga bepul yordam ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026