O‘zbekistonda yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi sinov tariqasida ishga tushirilmoqda

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Shu yilning 25 may kuni Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filialida Yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi (YaMDM)ning pilot loyihasi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish markazi "O‘zmedinfo" xodimlari, tizimli integrator Inline Telecom Solutions kompaniyasi hamda “O‘zbektelekom” AKning mutaxassislari ishtirokida ko‘rsatildi. Hujjatlarga ko‘ra, yagona muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik markazlari O‘zbekistonning 13 hududida tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda. Bu markazlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan boshqariladi. Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filialida tashkil etilgan yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi esa ushbu yo‘lda tashlangan dastlabki qadam bo‘ldi.
Ma'lum bo‘lishicha, endilikda ushbu markaz shoshilinch holatlardagi har bir murojaatni o‘z vaqtida tezkorlik bilan istisnosiz bajarilishiga xizmat qiladi. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan har bir murojaat o‘sha zahotiyoq ko‘chma brigadaga bemor haqidagi kerakli tibbiy axborot va uning joylashish manzili haqidagi ma'lumotlar bilan birgalikda radio ratsiya qurilmalari orqali uzatiladi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi
O‘zbekiston | 11:49
-
Remontada «Old Trafford»da bo‘ldi. «MYu» 7 daqiqada uchta gol urib yarimfinalga chiqdi
Sport | 11:41
-
Gurjiston chet elliklarni chiqarib yuborish tartibini soddalashtiradi
Jahon | 11:39
-
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Iqtisodiyot | 11:09
Mavzuga oid

12:12 / 05.01.2024
«112» tezkor raqami o‘z muddatida ishga tushmadi

15:41 / 02.04.2022
Sog‘liqni saqlash vazirligi Chiroqchida sayyor qabul o‘tkazmoqda

07:27 / 02.04.2022
Chet el fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi

08:01 / 29.03.2022