Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) 1988 yilda 31 mayni Xalqaro çekişga qarşi kuraşiş kuni deb e'lon qilgan. 

Xalqaro çekişga qarşi kuraşiş kunining global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat soğliq uçun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilişga qaratilgan. 

Xalqaro çekişga qarşi kuraşiş kunining 2017 yildagi mavzusi - "Tamaki - rivojlanişga tahdid". Şu munosabat bilan tamaki va u bilan kuraşişga doir dalillarni taqdim etamiz.  

1. Har yili tamaki iste'moli natijasida 6 millionga yaqin kişi hayotdan köz yumadi va agar unga qarşi kuraşga kirişmasak, bu körsatkiç yiliga 8 milliondan oşadi. Tamaki iste'moli jinsi, yoşi, irqi va madaniyatiga qaramay, har qanday kişi uçun xavf tuğdiradi.

2. Tamaki iste'moli soğliqni saqlaş va faoliyat samaradorligining pasayişini inobatga olganda, milliy iqtisodiyot uçun qimmatga tuşadi. U soğliqni saqlaş sohasidagi tengsizlikni çuqurlaştiradi va qaşşoqlik muammosini yanada kuçaytiradi, çunki kam ta'minlangan kişilar eng asosiysi - oziq-ovqat mahsulotlari, ta'lim va soğliqni saqlaş uçun kamroq mablağ sarflaşadi. Tamaki iste'moli natijasida erta ölim holatlarining 80 foizi past va örta darajali daromad oluvçi mamlakatlarga töğri keladi.  

3. Tamaki yetiştiriş uçun katta miqdordagi pestitsidlar va mineral öğitlar kerak böladi, ular esa zaharli bölişi va suv resurslarini ifloslantirişi mumkin. Uni yetiştirişga har yili 4,3 million gektar yerdan foydalaniladi, buning natijasida esa global örmonsizlaniş 2 foizdan 4 foizga yetadi. Tamaki sanoati şuningdek 2 million tonnadan ortiq qattiq çiqindilarni çiqaradi. 

4. JSSTning Tamakiga qarşi kuraş konvensiyasi 180 tomon (179 mamlakat va Yevropa Ittifoqi) bilan xalqaro kelişuvni közda tutadi. Köp mamlakatlar davlatning tamakiga qarşi kuraş siyosatiga tamaki sanoati vakillari aralaşuviga yöl qöymaydi. 

Yodingizda bölsin, çekiş soğliğingiz uçun zarardir!