Ramazon kirib kelgaç, insonga zarar yetkazuvçi, uni eng yomon işlarga, gunohga yöllovçi jin va şaytonlarning eng kattalari zanjirband etib qöyiladi. Buni Rasululloh (s.a.v) hadislarida va turli olimlarning kitoblarida öqiş mumkin. Xöş, şunday ekan bu muqaddas oyda gunohlar nega sodir etilaveradi?

Savol: Hadisi şariflarda Ramazon oyida şaytonlar zanjirband qilinadi, deyilgan. Lekin voqelikda köramizki, qançadan-qança insonlar Ramazon oyida ham gunohlar bilan maşğul bölib yurişadi. Buning sababi nimada?

Javob: Töğri, siz aytganingizdek, Ramazon oyida köpçilik möminlar ularni gunohga yetaklaydigan şaytonlarning zanjirband qilinişiga qaramasdan gunoh işlarni qilayotganiga guvoh bölamiz. Buning sabablaridan biri şuki, ularda şaytonning avvalgi vasvasalarining ta'siri va özlarining ana şu gunohga bölgan odatlari ularni tark etmagan böladi. Ana şu ta'sir va odatlariga binoan ulardan uşbu muborak oyda ham gunohlar sodir böladi. Ikkinçi sababi – yomonlikka çorlovçi nafsning ta'sirida uşbu oyda ham gunohga yöl qöyadilar. Demak, bu oyda qilinadigan gunohlar şaytonlarning ta'sirida emas, balki nafs taqozosiga köra sodir bölar ekan. Şaytonlarning vasvasasi sababidan sodir etiladigan gunohlar Ramazondan boşqa oylarda böladi. Bu muborak oyda insonlar şaytoniy vasvasalardan Alloh taoloning muhofazasiga olingandir. Ba'zi ulamolar bu masalaga quyidagiça javob berişgan: Ramazon oyida bandalarni vasvasa qiladigan qaysar, sarkaş şaytonlargina zanjirband qilinadi. Zaif şaytonlar esa bandalarni yöldan ozdirişda davom etaveradilar. Ularning vasvasa ta'siri kam bölganligi e'tiboridan boşqa kunlarga nisbatan, Ramazon kunlarida gunohlar kam sodir böladi. Vallohu a'lam.

Savol: Ramazon oyida şayton va jinlarning zanjirband qilinişining nima hikmati bor? Şu borada ma'lumot bersangiz.

Javob: Muborak Ramazon oyida şayton va qaysar jinlarning zanjirband qilinişi hikmati şundan iboratki, toki ular rözador möminlarning qalblariga gunoh qiliş vasvasasini, ma'siyatga bölgan çorlovini taşlay olmasin. Ular zanjirband qilinişlari boisidan aksar insonlarning uşbu muborak oyda özlarini gunohdan tiyayotgani va Allohning ibodatiga maşğul bölayotganiga şohid bölamiz.

Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati

Savol: Ramazon oyida şaytonlar zanjirband etiladi, deb eşitganman. Şunga köra, Ramazon oyida insonni vasvasa, har xil yomon öy-fikrlar bezovta qilişi mumkinmi?

Javob: