Prezidentning 26 maydagi PQ-3011 qarori bilan M39 Toşkent–Termiz va 4R87 Ğuzor–Çim–Kökdala avtoyöllarini rekonstruksiya qiliş böyiça loyihalarni amalga oşiriş muddati uzaytirildi. Hujjat Prezident rasmiy veb-saytida joylaştirilgan.
Joriy yilning 15 may holatiga köra, «M39 Toşkent–Termiz avtoyölini rekonstruksiya qiliş» (Islom taraqqiyot banki iştirokida amalga oşirilmoqda) loyihasi böyiça işlar 35 km.lik qismda töla bajarildi va 18 ta köprik qurildi. Yana 65 km.lik qismda yöl işlarini bajariş 60 foizni taşkil etdi, köpriklar rekonstruksiyasi esa – 62 foiz.
Qöşimça çora-tadbirlar va jadvallarga muvofiq, qolgan yöl-quriliş işlari 2018 yilning 21 mart kuniga qadar bitirilişi lozim. Uşbu loyihani amalga oşirişning umumiy muddati kelasi yilning 1 oktabriga qadar uzaytirildi.
«4R87 Ğuzor–Çim–Kökdala avtoyölini rekonstruksiyasi qiliş» (Saudiya taraqqiyot fondi va Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi iştirokida amalga oşirilmoqda) loyihasida rejalaştirilgan hajmlardan 28,4 km.lik yer kötarmasini tartibga keltiriş, 6,4 km.lik şağal qatlami asosi, 4 km.lik asfaltbeton qoplamasi böyiça işlar bajarildi, 2 köprik 60 foizga rekonstruksiya qilindi va transport çorrahasi 90 foizga bitirildi.
Uşbu loyiha böyiça yöl qurilişini 1.11.2018 yilga qadar yakunlaş möljallangan, loyihani amalga oşirişning umumiy muddati 1.05.2019 yilgaça çözdirilmoqda.
Qöşimça vaqt taqdim etilişi munosabati bilan, loyiha iştirokçilari bilan qöşimça kelişuvlarda öz majburiyatlarini vaqtida bajarmaganlik uçun qat'iy çoralar nazarda tutilgan.
Yuqorida körsatilgan loyihalarni amalga oşirişni çözdirilgan muddati davomida soliq va bojxona imtiyozlari saqlanib qolinadi.
2018 yilda ikkita xalqaro avtoyölning rekonstruksiyasi yakunlanadi
22:51 / 31.05.201712 3652 min

















