«Yandeks» YouTube’dagi kanalida avtomatik boşqariluvçi taksi sinovlari tasvirlangan ilk rolikni e'lon qildi. Videoga köra, maşina sanoat zonasida sinovdan ötkazilgan.

Rolikda avtomobil kompaniya xodimlaridan birini olib kelişi va yölda turgan yuk maşinasini mustaqil ravişda aylanib ötişi tasvirlangan. Şuningdek, taksi bir neça boçkadan iborat tösiqlar va ikki piyodani ham aylanib ötgan.

«Yandeks» vakillarining TechCrunch’ga aytişlariça, videoda haydovçisiz avtomobil prototipi körsatilgan. Kompaniyadan aniqlik kiritilişiça, mutaxassislar «Yandeks.Karta» va «Yandeks.Navigator» servislari uçun möljallangan işlanmalar, şuningdek, maşinani boşqariş va kompyuter «közi» kabi texnologiyalardan foydalanişgan.

«Biz «Yandeks.Navigator» foydalanuvçilarining anonim ma'lumotlarini işlatmoqdamiz, ular avtomobilni tirbandlikka ega şaharlar, tezlik darajasi çeklanganida, yopib qöyilgan yöllar va boşqa vaziyatlarda qanday boşqariş kerakligini tuşunişda yordam beradi», - deydi «Yandeks.Taksi» matbuot kotibi Vladimir Isayev.

Isayevning sözlariga köra, «Yandeks» kompyuter «közi» texnologiyasini boşqa servislarda ham işlatgan bölib, bu avtoturargoh böş joylarini qidiriş va yöl belgilarini baholaşda qöl kelgan.

Rolikda maşinada Nvidia GTX GPU videokartasi va Velodyne LiDAR yon-atrofni örganiş texnologiyasi örnatilganini köriş mumkin. «Yandeks»da ma'lum qilinişiça, uşbu bosqiçda özlarida işlab çiqarilgan texnologiya foydalaniladi, biroq, ehtimoliy şeriklar bilan muzokaralar ötkazilayotganini tasdiqlaşdi.

«Yandeks» vakili Matvey Kireyevning sözlariga köra, ularning haydovçisiz taksisi şahar köçalarida sinovdan ötkazilmagan, biroq, bu bilan yil davomida şuğullaniş möljallangan.