Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi teraktga aloqador Azimov Qirg‘izistondan noqonuniy olib chiqib ketilgan
Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ishi bo‘yicha gumonlanuvchi Akrom Azimovning advokati Olga Dinzening ta'kidlashicha, Azimov shifoxonadan Moskvaga noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan, uning Rossiyada go‘yoki qo‘lga olinishi videosi sahnalashtirilgan.
Dinze Moskvadagi Basman tuman sudida Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi "Xosiyat" shifoxonasidan olingan ma'lumotnomani taqdim qildi. Unga ko‘ra, Azimov 15 aprelda mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan shifoxonaning jonlantirish bo‘limidan olib chiqib ketilgan va shundan keyin uni hech kim ko‘rmagan. Azimov shifoxonada operatsiya qilingandi.
"19 aprelda Azimov Moskvadagi avtobus bekatida sumkada granata va krossovkalarining bog‘ichisiz ushlangani videosi sahnalashtirilgan", deb aytdi advokat.
Uning ma'lum qilishicha, Azimov uni kuzatib borgan kishi bilan Moskvaga samolyotga o‘tkazilgan. Rossiyada Azimovni mahalliy huquq-tartibot idoralari kutib olgan.
Advokat RIA “Novosti” axborot agentligiga Qirg‘izistonda olingan ma'lumotnomani ko‘rsatgan. Uning aytishicha, bu ma'lumotnoma advokat so‘rovi bilan olingan.
Axborot agentligi tergovning ushbu tasdiqlar bo‘yicha izohlariga ega emas.
Rossiya tergov qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, teraktning taxminiy tashkilotchisining ukasi Akrom Azimov teraktni sodir etgan xudkush Akbarjon Jalilov bilan qo‘ng‘iroqlashib turgan va unga Turkiyada qandaydir xalqaro terrorchilik tashkiloti a'zosidan olgan pulni o‘tkazib turgan.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026