2017 yilning birinçi çoragida Plastik kartalar işlab çiqariş 15 foizga ösdi, deb xabar beradi Yagona umumrespublika protsessing markazi PR-xizmati 

Joriy yilning birinçi çoragida mamlakatimizda 82 mingta plastik karta işlab çiqarilgan, bu ötgan yilning şu davridagi körsatkiçdan 15 foiz köpdir. 2016 yilning birinçi çoragida respublikamizda işlab çiqarilgan kartalarning umumiy soni 71 mingtani taşkil etgan edi.

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) ma'lumotlariga köra, 2017 yilning birinçi çoragi mobaynida bank plastik kartalaridan foydalanilgan holda, pirovardida 14,7 trillion sömlik 245 mingta tranzaksiya amalga oşirilgan. Uşbu holat umumiy tranzaksiyalar soni (19,2%) bilan birga, tranzaksiyalar summasi (47,7%) ham ortganidan dalolat beradi. Jumladan, ötgan yilning şu davrida umumiy tranzaksiyalar soni 180 mingtani, tranzaksiyalarning umumiy summasi esa 10 trillion sömni taşkil qilgan edi.

Elektron tijorat böyiça xulosaviy ma'lumotlarga qaraganda, 2017 yilning birinçi çoragida e-commerce bilan aloqador tranzaksiyalar soni 86,5 milliontani taşkil qilib, uşbu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 78 foizga köp ekani e'tirof etilgan. Ya'ni, hisobot davrining bir yil avvalgi körsatkiçlarida 49 millionta tranzaksiya qayd etilgan edi. Elektron tijorat böyiça tranzaksiyalarning umumiy summasi 2017 yilning birinçi çoragida 16 trillion sömni taşkil qilib, ötgan yilning mos davridagi 8,5 trillion sömga nisbatan 88 foizga ösişni qayd etdi.

«Özkart» BTT faoliyati yakunlariga köra, 2017 yilning aprel oyi davomida DUET («offlayn») kartalari orqali amalga oşirilgan banklararo tranzaksiyalar soni va umumiy summasi butun tizim böyiça tranzaksiyalarning umumiy hajmida 0,7 foiz va 0,5 foiz, UZCARD EMV («onlayn») kartalari böyiça tranzaksiyalar uluşi esa – muvofiq ravişda 99,3 foiz va 99,5 foiz körsatkiçlarini qayd etdi.

Şu tariqa, «UZCARD» tölov tizimining «offlayn» platformadan «onlayn»ga ötişi qariyb nihoyasiga yetdi.

Tahririyatdan: Yurtimizda 20 mlnga yaqin plastik kartoçka foydalanuvçilari mavjud bölib, plastik kartoçkalar işlab çiqariş sonida ösiş közga taşlanayotgan esa-da, banklarimiz tomonidan mijozlarni plastik kartoçkalar bilan ta'minlaş borasidagi işlar köngildagidek yölga qöyilgan, deb bölmaydi aslo. 

Masalan, heç bir bank murojaat etilgan zahoti plastik kartoçka taqdim eta olmaydi, bunga kamida 3 kun talab etiladi. Boz ustiga, keyingi paytlar plastik kartoçkalar yetişmasligi ortidan avval foydalanilgan, eski plastik kartoçkalar ustidagi yozuvlar öçirilib, yangi mizojlarga berilayotgani holatlari ham uçrab turibdi.