Yakunlanib borayotgan 2 iyun O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Prezident Andijonda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 iyun kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari Andijondagi «Bog‘i Bobur» istirohat bog‘ida bo‘ldi U, shuningdek, «Andijon biokimyo zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan bog‘ni borib ko‘rdi.
Prezident, bundan tashqari, mazkur tumandagi «Navigul» qo‘shma korxonasi hududida tashkil etiladigan meva-sabzavotlarni qayta ishlash, muzlatish va sotishga ixtisoslashtirilgan yirik logistika kompleksi loyihasi bilan tanishdi. Mirziyoyev safar davomida Bo‘z tumanidagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi.
O‘zbekistonning boshqa jabhalarida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi zamonaviy professional xizmatga aylantiriladi.
Shuningdek, FVVning asosiy vazifalari belgilab berildi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq Gidrometeorologik xizmat, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati FVV tizimiga o‘tkazildi.
2017 yil 1 iyundan boshlab GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga yangi narxi e'lon qilingach, bu masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning faolligi kuzatildi. Mavzuga oid «Umrlarga tatigulik mashina!». Avtomobillar narxi oshganiga ijtimoiy tarmoqdagi munosabatlar» maqolasi e'lon qilindi
Shayxontohur tumanidagi istirohat bog‘i qurilishiga 40 million dollar ajratiladi
Senatdagi qo‘mitaga rahbarlar tayinlandi
Jahon
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqqanini e'lon qildi. U ushbu qarori yuzasidan izoh berdi. O‘z navbatida, Obama AQShning iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqishiga munosabat bildirdi. Putin esa yomon ob-havo uchun aybni Trampga qo‘yishni taklif qildi.
Filippin poytaxtida portlash va otishma ovozlari eshitildi: yaradorlar ko‘p. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa tufayli 30dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
AQSh ballistik raketa nishonga olinishi videosini namoyish qildi
Usmonov Navalniy bilan suddagi dalillar haqida gapirib berdi
Moskva g‘arbida otishma, ikki kishi halok bo‘ldi
Peterburgda iyun oyida qor yog‘di (foto va video)
Kamerunda terakt yuz berdi, qurbonlar ko‘p
Italiyada 23 yil davomida yashirinib kelgan mafiya yetakchisi qo‘lga olindi
Tramp AQShga musulmonlar kirishini yana taqiqlamoqchi
Texnologiya
Niderlandiyada Hyperloop tizimining sinov quvuri namoyish qilindi
GM Uzbekistan: endi avtomobillar yetkazib berish ketma-ketligini onlayn kuzatib borish mumkin
Google haydovchisiz yuk mashinasi sinovini boshladi
Uzcard va GlobUzCard birgalikda faoliyat olib boradimi?