2017 yil 1 iyundan boşlab GM Uzbekistan tomonidan işlab çiqarilgan avtomobillarga yangi narx e'lon qilingaç, bu masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning faolligi kuzatildi.

Masala yuzasidan quyida «Kun.uz» tahririyatiga xatlar kelmoqda. 

Sayt poçtasiga jönatgan xatida Zafarjon Vohidov şunday deb yozadi:

«Xatimda GM Uzbekistan avtomobillarining narxi oşgani munosabati bilan öz savollarim, fikr va mulohazalarimni bayon etmoqçiman.

Çunki bu juda muammoli masala.

Xatimni e'lon qilişlaringizni sörayman. Balkim şunda hukumatga avtomobillar narxini tuşiriş borasida tavsiya taqdim etiş ehtimoli ham vujudga kelar.

Bu axir dahşat-ku?! «Özavtosanoat» AJ rulida kimlar ötiribdi?!

Men gmuzbekistan.uz saytiga kirib avtomobillarning yangi narxlari bilan tanişib çiqdim, taassufki, miş-mişlar haqiqat bölib çiqdi, narxlar aql bovar qilmaydigan darajada oşirilganiga guvoh böldim.

Avtomobillarga faqat sömda narx belgilaş va GM Uzbekistan avtomobillari narxlarini oşiriş bilan boğliq vaziyatni tahlil qilib, şuningdek, bu vaziyatning AQŞ dollarining «qora bozor»dagi kursiga boğliqligini örganib, bu hol aholining foydasigami yo zarariga ekanligini tuşunişga harakat qildim, ya'ni «bozor»da dollar kursi endi tuşadimi yoki yana ösişda davom etadi?

Biz barçamiz hukumat va «Özavtosanoat» AJdan quyidagi savollarga javob berilişini istar edik:

1. Avtomobillar narxining oşirilişida qanday omillar hisobga olingan (agar birorta omil hisobga olingan bölsa)? Ya'ni, nega masalan, «Matiz» Mning 13 mln.358 ming 140 söm (dollarda 3472$) bölgan narxi 10.110 dollar va sömda 38 million 886 ming 547 söm qilib belgilandi. (Bu barça avtomobillar narxiga boğliq savol. Yoki «Captiva» LTZning narxi 54.594 dollar, sömda 209 million 987 ming 352 söm? Bunday holatlarda avvalo, masalan, birinçi navbatda fuqarolarning oylik maoşlari oşirilişi, YaIM kötarilganligi körsatkiçlari, rasman qayd etilgan inflyatsiya darajasi, xorijiy valyutalarning rasmiy kursi kötarilişi va h.k. kabi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy omillari hisobga olinişi kerak emasmidi? 

2. GM avtomobillarining narxi nega bunçalik balandga kötarildi? Yuqorida misol qilingan «Matiz»ning narxi dollarda 3472 $ böla turib, 10.110 $ qilinsa (2,9 martaga oşiş!) yoki sömda 13 mln. 358 ming 140 söm böp turganida 38 mln. 886 ming 547 söm (bu yerda ham 2,9 martaga oşiş) etib belgilansa? Bu narxlarni maqbul va adolatli, deb ataş mumkinmi?