Daniya poytaxti Kopengagenda politsiyaçilar otişma sodir bölgan tumanni qurşab olişdi. Bu yerda noma'lum erkak politsiyaçilarga qurol bilan tahdid qilgan. Politsiyaçilar bunga javoban qoidabuzarga öq uzişgan va uni sonidan yaralaşgan. Erkak şifoxonaga olib ketilgan.
"Bu odam politsiyaçilarga qurol bilan tahdid qildi", deb ma'lum qildi şahar politsiyasi vakili Xenrik Myoller Yakobsen.
Uning aytişiça, erkakning ahvoli haqida hozirça heç qanday ma'lumot yöq.
Otişma şahar markazida, "Tivoli" köngiloçar boği yonida yuz bergan.

















