Toşkent şahar IIBB kollejdoşlari tomonidan kaltaklanganidan söng hayotdan köz yumgan Jasurbek Ibrohimov işi yuzasidan rasmiy axborot berdi.
«2017 yil 3 may kuni taxminan soat 14:00 larda Yaşnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad öğli Ibragimovga nisbatan oğir tan jarohatlari yetkazilganligi holati yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan 1999 yilda tuğilgan Islombek Abdujamiloviç Tulaganovga nisbatan mavjud bölgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyilgan xabarnomada.
Hozirda boşqa şaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Tergov harakatlari yuzasidan qöşimça ma'lumotlar berib boriladi.
Eslatib ötamiz, Toşkentdagi Borovskiy nomidagi kollejning 2-kursida ta'lim oluvçi Jasurbek Ibrohimov 1 iyun kuni kasalxonada vafot etdi.
Ma'lumotlarga köra, u 3 may kuni kollejdoşlari tomonidan qattiq kaltaklangan, şundan söng kasalxonaga tuşgan.
Şifokorlar jabrlanuvçini beş marta operatsiya qilgan, biroq uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.
Ayni vaqtda kaltaklagan bezorilarni jazolaşni sörab petitsiya boşlangan.
Jasurbek Ibrohimovni kaltaklagan bezorilarni jazolaşni sörab petitsiya boşlandi












