Braziliyada 24 yoshli qiz giyohvand moddalar bilan to‘ldirilgan paketlarni qorniga skotch orqali yopishtirib, politsiyani aldashga urinib ko‘rdi.

Mirror nashrining xabar berishicha, mamlakatning Birigui munitsipalitetida politsiya xodimlari yo‘ldagi avtobusni tekshirish chog‘ida “homilador” ayol aslida giyohvand moddalarni olib o‘tayotganini aniqlashgan.

24 yoshli qizning qorniga uch kilogramm kokain moddasi skotch yordamida yopishirilgan bo‘lgan.

Politsiya muvaffaqiyatsiz kontrabandachi qiz va unga hamrohlik qilgan shaxsni qo‘lga oldi.