Parijning eng diqqatga sazovor inşootlaridan biri - Eyfel minorasi duşanba kunga ötar keçasi Britaniya poytaxtidagi terakt qurbonlari xotirasiga öz çiroqlarini öçiradi. Bu haqida Parij meri Ann Idalgo xabar berdi.

"Eyfel minorasi Londondagi terakt qurbonlari xotirasiga bugun tunda 00:45da öz çiroqlarini öçiradi", - deb yozdi Idalgo öz Twitter'ida. 

Şanba kuni keçqurun London markazida ikkita terrorçilik hujumi qayd etildi. Uç nafar erkak mikroavtobusda London köprigidagi yölovçilar ustiga bostirib kelgan, söngra Boro bozoriga borib, u yerdagi yölovçilarga ham piçoq bilan hujum qilgan.

Londondagi teraktlar natijasida 7 kişi halok bölgan, 48 nafari jarohat olgan. Terrorçilarning bari politsiya tomonidan yöq qilingan.

Ta'kidlaş joizki, bu 2,5 oy içida Britaniyadagi uçinçi teraktdir.