Xitoyning Guançjou şahridagi CTF Finance Center moliya markazi binosida dunyodagi eng tez lift işlay boşladi. Öta tez harakatlanuvçi lift yapon kompaniyasi tomondan yaratilgan va yuqoriga soatiga 75,6 km tezlik bilan kötarila oladi. Lift balandligi 530 metrni taşkil qiladigan moliya markazi binosining tomiga 25 soniyada kötarila oladi.

Bu astromonik tezlik sinov vaqtida qayd etildi. Lift amaliyotda qöllanganda biroz sekinroq – 72 km/soat tezlik bilan kötariladi. Bu körsatkiç ham rekord hisoblanadi. Daily Mail naşrining ma'lum qilişiça, şu vaqtgaça dunyodagi eng tez lift Şanxayda örnatilgan bölib, 69 km/soat tezlik bilan haarkatlangan.

Guançjoudagi lift tuşayotganda ikki barobar sekinroq harakatlanadi: u 36 km/soat tezlik bilan 1-qavatga bir daqiqada tuşadi.

















