AQŞning Orlando şahrida röy bergan otişma natijasida “köplab qurbonlar” bor. Bu haqda Oranj-kaunti şerifi ofisi xabar bergan.
"Şerif ofisi xodimlari voqea joyida işlamoqda, vaziyat nazoratga olindi. Köplab qurbonlar bor. Şerif imkon tuğildi degunça qöşimça ma'lumot taqdim etadi", - deyiladi politsiyaning Twitter’dagi xabarida.
CNN ma'lumotlariga köra, otişma şahar çetidagi sanoat zonalaridan birida yuz bergan. Bir neça köça yopilgani aytilmoqda.
Politsiya ortiqça vahimaga berilmaslik va ofisning Twitter’dagi rasmiy sahifasida berilgan xabarlarga işonişni tavsiya qildi.













