AQŞning Orlando şahri politsiyasi şahardagi ofis binolaridan birida 5 iyun ertalab otişma sodir etgan erkakning şaxsini ma'lum qildi. Otişma oqibatida qotilning özi bilan birga 6 kişi halok bölgan.
Mahalliy şerifning ma'lum qilişiça, mahalliy vaqt bilan soat 08:03da otişma haqida xabar olingan. Politsiyaçilar xabar olingaç, darhol voqea joyiga otlanganlar.
"4 kişi darhol halok bölgan. Yana bir kişi şifoxonada vafot etgan", deb aytildi politsiyada.
Qotil 45 yoşli erkak bölib, u özini ham öldirgan. Qurbonlar orasida bir ayol bor.
Aniqlanişiça, qotil binoda joylaşgan kompaniyadan böşatilgan bölgan. "U taxminan aprel oyida işdan böşatilgan", deb ma'lum qildi şerif.
Politsiya voqea tafsilotlarini örnatiş uçun qotilning otişmada omon qolgan sobiq hamkasblarini söroq qilişni boşlagan.













