Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 8-9 iyun kunlari Ostonadagi Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) davlat rahbarlarining navbatdagi kengaşida iştirok etadi. Bu haqda "Axborot" dasturida xabar berildi.
ŞHT davlat rahbarlari taşkilotning hozirgi holati va kelgusidagi rivojlaniş istiqbollarini muhokama qilişadi. Şuningdek mintaqaviy va xalqaro siyosatdagi dolzarb muammolar böyiça fikr almaşinadi hamda 2017-2018 yillarda taşkilot yiğilişiga raislik qiluvçi davlat masalasini körib çiqiladi.
Bundan taşqari, Ostonada ŞHT kengaşi doirasida Hindiston va Pokistonning taşkilotga a'zo davlatlar qatoriga qabul qilinişi jarayoni tugatiladi.
Özbekiston Prezidenti şuningdek Ostonadagi xalqaro ixtisoslaşgan Expo-2017 körgazmasida ham qatnaşadi va xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uçraşuvlar ötkazadi.
Bundan avval Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Çexiya prezidenti Miloş Zeman bilan muzokaralar ötkazişiga doir xabar berilgan edi. Unda uçraşuv Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Astana Expo 2017 körgazmasi çoğida bölib ötişi ta'kidlangan edi.












