2017 yilning 4 iyun kuni, taxminan soat 16:00 larda, Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida, Yunusobod tumani hududida, Furqat Yusupoviç Tulaganov uyi xovlisida qonunga xilof ravişda 15 tup “naşa” giyohvandlik vositasini ekib, yetiştirayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravişda ekiş va yetiştiriş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.