Ukrainaning yangi Ukrainians ijtimoiy tarmoğida 24 mingdan ziyod kişi röyxatdan ötişga ulgurdi. Biroq hozirça registratsiya va suratni almaştirişdan boşqa heç qanday funksiyalardan foydalaniş imkoni yöq.
Ukrainada "VKontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlariga kiriş taqiqlab qöyildi. Kanadaning dasturiy ta'minot işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi StartupSoft kompaniyasi dasturçilar guruhi Ukrainaga Ukrainians ijtimoiy tarmoğini yaratiş taklifini bergandi. Ukrainaliklar özlarining ijtimoiy tarmoqlariga ega böliş taklifini ma'qullaşdi - loyihani işga tuşişi uçun kerakli bölgan 50 ming kişi örniga 66 mingdan ortiq kişi imzoladi.
Yangi ijtimoiy tarmoqning Facebook'dagi sahifasida Ukrainians'dan röyxatdan ötiş oçiq ekani aytilgan.
Foydalanuvçilar akkauntni Facebook ijtimoiy tarmoğidan olingan ma'lumotlar yordamida röyxatdan ötkazişlari mumkin böladi. Bugunga qadar registratsiyadan ötganlar soni 24,5 mingdan ziyod kişini taşkil qilgan. Saytda ta'kidlanişiça, Ukrainians'da 100 mingdan ortiq foydalanuvçi röyxatdan ötsagina "yangiliklar" va "döstlar" funksiyalari faollaşadi.

















