Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik futbolchilar Londondagi terakt qurbonlarini xotirlashni istashmadi
Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilari Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan Londondagi terakt qurbonlarini xotirlash uchun 1 daqiqa sukut saqlamadi.
JCh-2018 saralashi doirasidagi o‘yin oldidan Avstraliya vakillari maydonning ikkinchi tomonida saf tortib turgani holida mehmon jamoa futbolchilari tarqalib, o‘z o‘rinlarini egallashga kirishgan.
Ushbu o‘yin Avstraliyaning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida terakt uyushtirildi. Avvaliga avtofurgon London ko‘prigi ustida piyodalar ustiga yurdi. Keyin undan tushgan uch kishi odamlarga pichoqlar bilan hamla qildi. Ular harakatni davom ettirib, Boro bozorida ham odamlarga hujum qilishgan.
Ushbu hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 50 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.
Politsiya terakt ijrochilarini qo‘lga olgan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026