Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey parlament uçun saylov natijalari konservatorlar uçun qoniqarli bölmagan bölsada, iste'foga çiqişni rejalaştirmayapti. Bu haqda Bi-bi-si öz manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.
Mey yaqin vaqt içida saylov yakunlari böyiça çiqiş qiladi. Bu saylovda u rahbarligidagi Konservatorlar uçun kutilgan natijalar qayd etilmadi.
Tereza Mey iste'foga çiqişi mumkin: uning partiyasi saylovda yetarli ovoz töplay olmadi
Toşkent vaqti bilan soat 11:30 holatiga köra, Konservatorlarda 314, Leyboristlarda 261, Şotlandiya milliy partiyasida esa 35 mandat. Liberal-demokratik partiya 12 örin olgan, Demokratik yunionlarda 10, Mustaqillik partiyasida (öta öng kuçlar) mandan yöq.
Hozirça yana bir neçta saylov uçastkasida ovozlar hisoblab bölinmadi. Lekin umumiy köriniş özgarişi kutilmayapti.
Heç bir partiya mutlaq ustunlikka erişa olmadi. Holbuki 2015 yilgi saylovda konservatorlar 330 mandatga ega bölgandi. Tereza Mey esa avvalgi natijadan 6ta kam örin olingan taqdirda iste'foga ketişi haqida aytgandi (2015 yilgi saylov natijalariga köra konservatorlar 16ta, şotlandlar 22ta örin yöqotdi. Leyboristlar 34ta, liberallar 6ta köp örin oldi).












