Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan Adliya vazirining 2017 yil 7 iyun kungi buyruği bilan Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toşkent şahrining ayrim tuman hokimliklari yuridik xizmat xodimlariga belgilangan martaba darajalari berildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Jumladan, uşbu buyruqlar bilan Samarqand viloyat hokimligi, Bulunğur, Qöşrabot, Pastdarğom, Jomboy, Narpay, Oqdaryo tuman hamda Samarqand va Kattaqörğon şahar hokimligi, Surxondaryo viloyat Qumqörğon, Termiz, Boysun tumanlari va Termiz şahar hokimligi, Toşkent şahri Sergeli, Şayxontohur, Bektemir va Yunusobod tuman hokimliklari yuridik xizmati xodimlari maxsus unvon-martaba darajalariga ega bölişdi.
















