Janubiy Amerikada örtoqlik uçraşuvlari bölib ötdi. AQŞning Boka-Raton şahrida keçgan uçraşuvda Ekvador Venesuela bilan öynadi va 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi.
Ekvadorliklar 29-daqiqada Mikel Vilyanuevaning avtogolidan keyin hisobni oçişgandi. Venesuelaning javob goli 43-daqiqada Xunior Moreno tomonidan urildi.
Peru esa Paragvay bilan örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi. Peruning Truxilo şahridagi «Karlos Mansiçe» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning kiçik hisobdagi ğalabasi bilan yakunlandi. 75-daqiqada «Flamengo» hujumçisi, «Bavariya» va «Hamburg» jamoalarining sobiq futbolçisi Xose Paolo Gerrero ğalaba goliga muallif böldi.
Boliviya Nikaraguaga qarşi örtoqlik uçraşuvida oxirgi daqiqalarda ğalabaga ega böldi. Boliviyaning Yakuiba şahrida ötgan uçraşuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlarning gollari Diyego Bexarano (39-daqiqa), Hilbert Alvares (48) va Xose Vargas (90+3) tomonidan urildi. Mehmonlar safida gollarga Xorxe Garsiya (6) va Karlos Çavarriya Rodriges (37) mualliflik qilişdi.
2018 yilgi jahon çempionatiga saralaş bahslarida Ekvador 14 öyindan 20 oçko töplagan holda oltinçi, Venesuela 6 oçko bilan — 10-örinda joylaşib turibdi.
Peru va Paragvay esa 18tadan oçko jamğargan holda mos ravişda 7 va 8-örinlarni egallab turibdi.
Janubiy Amerika mintaqasida 4ta örin sohiblari mundialga töğridan-töğri yöllanma oladi, beşinçi örin egasi Okeaniya vakiliga qarşi ötiş öyinida iştirok etadi.
Ekvador keyingi öyinni 14 iyun kuni Salvadorga qarşi ötkazadi (örtoqlik uçraşuvi), venesuelaliklar esa 31 avgust kuni JÇ-2018 saralaşi doirasida Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşadi.
Peru 31 avgust kuni saralaş doirasida 15-tur uçraşuvini Boliviyaga qarşi ötkazadi, şu kuni paragvayliklar Çiliga safar qiladi.
Nikaragua 17 iyun kuni Kyurasaoga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi.
Örtoqlik uçraşuvlari
Ekvador - Venesuela 1:1
Gollar: 1:0 - Vilyanueva (29, avtogol), 1:1 - Moreno (43)
Peru - Paragvay 1:0
Gol: 1:0 - Gerrero (75)

















