Almaşmas hukmdor: Prezident Mugabe Zimbabveni qay köylarga soldi?
|05:56 / 10.06.201733 05616 min
Foto: ZUMA PressFoto: ZUMA Press
«Zolim», «oq tanlilar qotili», «qora tanli irqçi» — Zimbabve prezidenti Robert Mugabega nima laqablar yopiştirişmagan deysiz. Uni jamiki gunohi kabiralarda — giperinflyatsiya, irqiy qirğinlar, muxolifatni yöq qiliş va şaxsiy diktatura örnatişda ayblaşadi. Zimbabve axborot jihatidan yopiq davlat bölgani uçun u yerdan KXDRdagidan köp ma'lumot çiqmaydi. «Lenta.RU» Zimbabve va uning almaşmas prezidenti Robert Mugabe haqidagi gap-sözlarga işonsa böliş-bölmasligini aniqlaşga urinib kördi.
Bobbi tuğilganidan mömin-qobil bola edi
Mugabe öşa paytlardagi Britaniya mustamlakasi — Janubiy Rodeziyadagi duradgor va öqituvçi xonadonida tavallud topdi. Boşlanğiç ta'limni u katolik maktabida, oliy ta'limni esa JARdagi qora tanlilar universitetida oladi. Bakalavr unvonini olgaç, Mugabe bir muddat Ganaga işlaşga ketadi, qaytganida qarasa — yurtida irqiy tenglik uçun ozodlik harakati boşlangan. Mugabe darhol öqituvçilik kasbini çekkaga surib, siyosiy kuraşga boşi bilan şönğib ketdi va Joşua Nkomo boşçilik qilayotgan Zimbabve Afrika xalqi ittifoqi (ZAPU) ga a'zo böldi. 1963 yilda Nkomo bilan urişib qolgan Mugabe öz partiyasi — Milliy ittifoqqa (ZANU) asos soldi.
Şundan söng Mugabe köp ötmay hibsga olindi va 11 yil ötirib çiqdi. Bu uning hayotidagi öta oğir yillar bölgan, uni qiynoq va mazaxlarga duçor qilişgan. Masalan, ensefalitdan ölgan uç yoşli öğlining dafn marosimiga qöyib yuborişmagan.
Biroq çeklovlar Mugabeni sindira olmadi. Ğalabaga bölgan irodasini saqlab qolişda unga xarakterining tabiiy qat'iyligi va bilimlarga çanqoqligi yordam bergan. Robert kameradoşlari uçun haqiqiy maktabni taşkil etgan: ularga xat-savod, matematika va ingliz tilidan dars bergan. Uning özi ham öqişda davom etgan: London universitetiga sirtdan öqişga kirgan. Özining qamoq muddati yakunlangan sana — 1974 yilga kelib, u tört diplomga ega edi: ikkita yuridik, iqtisodiyot magistri va boşqaruv bakalavri. Xullas, Mugabe hozir Afrikadagi rahbarlar içida eng öqimişlisi.
Uruş vaqti, tinçlik vaqti
Ozodlikka çiqqaç, Mugabe Mozambikka ketib, u yer ham ozodlik uçun harakatlarga qöşiladi. Sobiq ittifoqqa taassub qilib, proletariatni sinfiy kuraşga çorlaşga bel boğlagan Joşua Nkomoning ZAPU’sidan farqli ölaroq, Mugabe örtoq Maoning mehnatlariga qarab dehqonlar inqilobini möljallayotgan edi.
Mavzuga oid
Mugabe Jyenevadagi konferensiyada, 1976 yil Foto: AP
Mugabe sarkarda emasdi: barça operatsiyalarni uning dala qömondonlari boşqarardi, uning özi esa strategiya işlab çiqib, Janubiy Rodeziyaga çegaradan otryad ketidan otryad jönatib, rejalarni amalga oşirilişini ta'minlar edi. ZANU’ning harbiy qanoti ZANLA hammani suriştirib ötirmasdan öldirardi — xoh u askar bölsin, xoh tinç aholi vakili bölsin. Jangarilar, ayniqsa, oq tanli fermerlarni öldiriş yo quvğin qilişga alohida e'tibor qaratişardi, çunki iş beruvçisiz qolgan qora tanli malaylar ommaviy ravişda ZANLAga a'zo bölişardi. Ğalaba qozonilgan taqdirda Mugabe özining jangarilariga oqlardan tortib olingan yerlarni va'da qila boşladi. Uning rejalariga qarşilarni böğizlangan holda topişardi. Qözğolonçilarning ilmli va körkam yetakçisi xorijda — Xitoy, Britaniya va sobiq ittifoqda ham maşhurlaşa boşladi.
Nihoyat, Janubiy Rodeziya doş bera olmadi. Butun dunyo tarafidan ön yillab sanksiyalarga duçor qilingan va qonli partizanlar uruşidan holdan toygan mamlakat nihoyat qora tanlilar boşqaruviga ötişiga rozi böldi. Boş vazir Yan Smit hokimiyatni mö'tadil nomzod, yepiskop Muzorevega bermoqçi bölgandi, biroq Nkomo va Mugabe uni tan olişmadi. Umummilliy saylovlar ötkazildi va unda Mugabe kutilmaganda ta'sir doirasi kattaroq bölgan Joşua Nkomo ustidan ğalaba qozonadi. Mugabening ğalaba qozonişiga sabab — u mamlakat aholisining kattaroq qismini taşkil etuvçi şon qabilasidan, Nkomo esa etnik ozçilik — matabele vakili edi.
Tinçlik, döstlik, etnik qirğinlar
«Keçagi kun biz duşmanlar edik, bugun esa döst bölmoğimiz darkor. Biz bitta mamlakatga sodiqmiz. Kelajakning ustidan çiziq tortilgan va biz undan xulosa çiqarmoğimiz kerak. Ilgari oqlar qoralarni kamsitardi, biroq qoralar öç olmaydi va ularni kamsitmaydi. Men kelajak haqi hurmati, milliy yaraşuvga çaqiraman!»
Mugabening xalqiga ilk telemurojaatidagi bu sözlar jomadonlarini yiğiştirişni boşlab yuborgan, Zimbabvega aylangan sobiq Janubiy Rodeziyaning oq tanli ozçiliklarini hayratga solib qöydi. Eng qiziği — u öz va'dasida turdi. Oq tanli fermerlarni quvib çiqariş örniga, ularga imtiyozli kreditlar taqdim etib, xarid qiymatini ham oşirib qöyişdi. Ğarb tomonidan ajratilgan ulkan moliyaviy yordam evaziga Mugabe soğliqni saqlaş va ta'limni rivojlantiriş böyiça keng miqyosli dasturlarni işga tuşirdi, bir vaqtning özida yöllar qurib, infratuzilmani kengaytira boşladi.
Agar oq tanlilar yengil nafas olişgan bölsa, Mugabega qarşi bölgan qora tanlilarga havas qilib bölmasdi. Joşua Nkomoni davlat töntarişida ayblab, mamlakatdan badarğa qilişdi. Boş vazir KXDRdan kelgan yöriqçilar yordamida şon qabilasi vakillaridan faqat unga böysunuvçi maxsus brigadani tuzdi va siyosiy raqobatçilaridan birin-ketin qutila boşladi. Deyarli töliq matabele qabilasi vakillaridan iborat ZAPU’ning sobiq askarlari va ularni qöllovçi hamqabilalarini öldiriş böyiça maxsus operatsiya «Gukuraxundi» deb ataldi — uning tarjimasi «jalalar oldidan buğdoy çorisi ustiga sevalagan ilk bahor yomğiri» ma'nosini anglatardi
Mugabe (çapda) va Nkomo Foto: Keystone Pictures USA / ZUMA Press / Globallookpress.com
Matabele qabilalari istiqomat qilayotgan tumanlar töliq qurşab olindi, armiya tomonidan ötkazilayotgan tuganmas etnik qirğinlar va terrordan söng bu yerlarda oçarçilik ham boşlandi. Tirik qolganlarni «tuzatiş markazi» — natsistlarning konslageriga öxşaş joyga jönatişardi. Armiyaga «yoş brigadalar» deb ataluvçi, xunveybinlarning mahalliy varianti yordam berardi. Matabelelarning irodasini bu yöl bilan sindiriş qiyinligini anglab yetib, Mugabe kutilmaganda sulh taklif qildi: Nkomoni keçirib, qaytişga köndirişadi va nominal bölsa-da, faxriy lavozim taqdim etişadi. ZAPU’ning tiriq qolgan jangçilarining afv etib, qolgan qutganlarni ZANU’ga qöşib yuborişadi. Şunday qilib, Zimbabve Ğarbning töliq ma'qullaşi ostida bir partiyali davlatga aylanadi.
Qoraçasiga bölib oliş
Raqiblari bilan işni bir yoqlik qilgaç, Mugabe irqiy masalaga qaytdi — bunga ham öz irodasi tufayli emas: köpçilikning qölidan faqat insonni söyiş keladigan sobiq qora partizanlar otryadi na bilim, na kasb, na pulga ega bölmagaç, öşa oq tanlilarning yerlariga da'vo qila boşlaşdi. U mamlakatdagi vaziyatni izdan çiqarişga uringan JARdagi kommandos-diversantlarning aksiyalarini sabab sifatida keltiradi. Mugabe yersiz qora tanlilarga yerlarini tortib olib, bölib beriş kampaniyasini boşlagaç, Zimbabvening oq tanli aholisi qoçişga tuşdi, ikkinçi yarmi siyosiy hayotda qatnaşişdan namoyişkorona voz keçib, içki immigratsiyaga ketdi.
1987 yilda Mugabe konstitutsiyaga özgartiriş kiritib, boş vazir lavozimini bekor qilib, özi prezident bölib oldi. U öz qulidan jamiki hokimiyatning jilovini mahkam uşlab turardi: hukumat, qurolli kuçlar, parlamentni tarqatib yuboriş va istaganiça saylovlarda qatnaşiş... Mugabe yakka özi hukmron bölib qoldi va barça nufuzli amallarni öziga sodiq kişilarga bölib bera boşladi; oqlardan tortib olingan fermalar ramziy summaga sobiq qaşşoq-partizanlarga emas, yuqori martabali amaldorlarga pullanar edi. Mamlakatda korrupsiya quloç yoydi. Robert Mugabe şunday tizim qurdiki, bunda u va uning qarindoşlari hamda işonçli yaqinlari tuganmas boylikka ega bölişdi, mamlaktaning 85 foiz aholisi esa yiliga 300 dollar daromadga kun körişga majbur edilar.
2008 yilgi prezident saylovlari oldidan nonga navbat Foto: John Moore / Getty Images
Norozilik tanqidiy nuqtaga yetgaç, Mugabe aholining nafratini qolgan-qutgan oq tanlilarga yönaltirişga qaror qildi: ular «davlat duşmani» deb e'lon qilindi. Oq tanli yer egalarining 90 foizdan köpi mamlakatni tark etdi. AQŞ va Yevropa ittifoqi davlatlari Mugabe u qadar rivojlaniş tarafdori emasligini anglab, yana mamlakatga qarşi sanksiyalar e'lon qilişdi. Şundan söng Zimbabve iqtisodiyoti quladi. Giperinflyatsiya boşlandi, narxlar bir neça soat içida ikki barobar oşa boşladi, dökonlardan mahsulotlar yöq bölib qoldi, poliklinika va şifoxonalar işlamay qoldi — dori-darmon yöq edi. Inflyatsiya 230 million foizga yetganidan söng mamlakat Markaziy banki mahalliy valyuta - Zimbabve dollarini şunçaki bekor qilib qöya qoldi. Qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş 70 foizga pasaydi, yerlarning uçdan ikki qismi taşlandiq holatga keldi, sobiq partizanlar murakkab agrotizimlarni işlatişni eplay olişmadi. Mamlakat halokat yoqasiga kelib qoldi. Mamlakatning hamma körgiliklarida Mugabe neoimperialistlarni ayblab, namoyişkorona tarzda Britaniya hamdöstligini tark etdi.
Undan beş battar muxolifat
Sobiq kasaba uyuşmalari yetakçisi Morgan Tsvangiraining «Demokratik özgarişlar uçun» harakati Mugabe uçun yagona jiddiy muxolifat böldi. Ilk saylovlaridanoq u ZANU’ga birozgina yutqazib qöydi, Tsvangirai esa mağlubiyatni tan olmadi. Unga darhol ğarb davlatlari e'tibor qaratişdi, nihoyat Zimbabveda qöllab-quvvatlaş mumkin bölgan istiqbolli yetakçi paydo böldi. Tsvangiraiga darhol huquq himoyaçisi mukofotini berib, Stenforddagi universitetga öqişga taklif qilişdi.
2008 yilgi prezidentlik saylovlari siyosiy inqiroz bilan yakun topdi: Köplab soxtalaştirişlar va ma'muriy bosimlarga qaramasdan Tsvangirai birinçi turda Mugabedan özdi, biroq uning tarafdorlariga nisbatan uyuştirilgan qatağon tufayli ikkinçi turda iştirok etişdan boş tortdi. Ikkinçi turda yagona nomzod bölib qolgan Mugabe 85,5 foiz ovoz töplab saylanadi, biroq xorijda bu saylov haqiqiy, deb topilmaydi. Faqatgina JARning aralaşuvi bilan örtadagi taranglik yumşatiladi: muxolifat Mugabening saylanganiga muxolifat rozi böladi, Tsvangirai esa ataylab şu vaziyat uçun qayta tiklangan boş vazir lavozimini oladi.
Keyingi yillarda muxolifat özining bor obrösini tuşirib böladi. Tsvangirai qöş öyin olib borardi, ommaviy çiqişlarida sanksiyalarga qarşi gapirib, özaro suhbatlarda esa ğarblik diplomatlarni ularni yanada çözişga köndiradi. Aniqlanişiça, muxolifat vakillari hokimiyat tepasidagilardan heç narsasi bilan farq qilmas ekan: yoğli joylarga özlarini taniş-bilişlarini ötkazar, porani ham huddi Mugabening yaqinlari kabi olişar ekan. Natijada keyingi saylovlarda Mugabe birorta soxtakorlikka yöl qöymasdan bemalol ğalaba qozondi. Uning partiyasi hattoki ilgari muxolifatçilarniki deb hisoblangan hududlarda ham işonçli ğalaba qozondi.
Hozir mamlakatda muxolifat bölib taşlangan va hokimiyatga real tahdil körsata olmaydi. Muxolifatni doim pul bilan ta'minlab keluvçi Ğarbning noehtiyotkorona xatti-harakatlari esa davlat propagandasining tegirmoniga suv qöygani qolyapti, xolos.
«Lakost jamoasi» G40 ga qarşi
Keng tarqalgan xato fikrga ters ölaroq, Mugabe Afrikadagi hokimiyat tepasida eng uzoq qolayotgan yetakçi emas. Angola prezidenti Joze Eduardu duş Santuş va uning Ekvatorial Gvineyadagi hamkasbi Teodoro Obiang Ngema Mbasogo 1979 yildan buyon hokimiyat tepasida turişibdi.
Robert Mugabe 93 yoşga kirgan, prostata bezi saratoniga duçor bölgan va fursat yetdi degunça Singapurga borib davolanib keladi. Garçi uning fikri tiniq bölsa-da, valiahd haqidagi savol kundan kunga dolzarblaşmoqda.
Zimbabvedagi hokimiyat va ta'sir uçun ikki guruh kuraş olib bormoqda. Birinçisi — prezidentning 51 yoşli rafiqasi Greys Mugabe yetakçilik qilayotgan G40 (Qirq yoşlilar avlodi qisqartmasi) jamoasi. Uni asosan yoş vazirlar qöllab-quvvatlamoqda.
Greys Mugabe Foto: Philimon Bulawayo / Reuter
Ikkinçisi — «Timsoh» laqabli, öta murakkab taqdirga duçor bölgan Emmerson Mnangagva yetakçiligidagi «Lakost jamoasi». U yoşligida köça bezorilarning «Timsoh» bandasiga borib qöşilgani sababli, öz laqabini orttirgan. Janubiy Rodeziyada partizanlar uruşi boşlanib ketgaç, u oq tanli fermerni öldiradi, u hibsga olinadi, biroq sudning xatosi tufayli ozod etib yuboriladi va Mugabega borib qöşiladi. Mnangagva tarafdorlari öz laqabini qimmatbaho narsalar, xususan, Lacoste markasiga bölgan muhabbati tufayli orttirgan. «Lakost jamoasi» yetakçisining laqabi bilan boğliq yo yöqligi aniqmas. Mnangagva tomonida ozodlik kuraşining sobiq faxriylari bor, ular Zimbabveda yetarli darajada jiddiy kuç sanalişadi.
Mamlakatdagi eng qadratli öyinçilardan biri — armiya namoyişkorona öz betarafligini körsatib turibdi. Boş ştab rahbari Konstantin Çivenga mamlakat boş postini ozodlik uruşida qatnaşmagan insonga bermasligini ta'kidlab ötgan. Ya'ni muxolifat vakillarida imkoniyat yöq.
Salomatligi bilan boğliq muammolarga qaramasdan, Mugabe vaziyatni töliq nazorat qilmoqda va goh u guruhni, goh bunisini qöllab, «ajratib taşla va boşqar» prinsipiga asoslanib, maza qilayapti, çolgina tuşmagur....
Janubiy Afrika yuragi
«Qirq yoşlilar avlodi» va «Lakost jamoasi» Mugabening ölimidan söng hokimiyatni tinçgina bölib ololişadimi-yöqmi, Janubiy Afrikada tinçlik hukmron bölişi ham şunga boğliq bölib turibdi. Mintaqaning barça savdo yönalişlari Zimbabvedan ötadi. Boz ustiga, mamlakatda tartibsizliklar boşlangudek bölsa, u mamlakat taşqarisiga ham çiqib ketişi mumkin.
Zimbabvening barqaror bölişidan taşqi öyinçilar, birinçi navbatda, Xitoy ham manfaatdor. 2002 yili Ğarb mamlakatga sanksiya e'lon qilgaç, XXR Mugabega yordam qölini çözgan. Hozir Zimbabve poytaxti Harare şahrida Xitoyning kafe va restoranlari faoliyat körsatmoqda, Xitoydan qurol-yaroğ va köplab kiyim-keçaklar olib kiriladi, evaziga foydali qazilmalar taşib çiqib ketiladi. Oltin, xrom, platina va olmoslar qazib olinadigan şaxtalar hozir Xitoy biznesmenlariga tegişli.
Rossiya ham ortda qolişni istamayapti: Ular jahonda kattaligi böyiça uçinçi örinda turgan Darvendeyl platina konini işga tuşirişda iştirok etişmoqda. Hattoki AQŞ va Yevropa ittifoqi ham Zimbabvega qaytiş yöllarini qidirişmoqda: söngi yillarda YeI oşkor qilmasdan mamlakatga joriy etilgan sanksiyalarning katta qismini bekor ham qilib böldi.
Darvendeyl koni Foto: greatdykeinvest.com
Zimbabve Respublikasi kelgusida qanday rivojlanmasin, bir narsa aniq: uning tarixida sobiq maktab öqituvçisi Robert Mugabe bilan şaxsiyat miqyosida tenglaşa oladigan ikkinçi odam paydo bölişi qiyin.